1-Mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar kursining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 238,18 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü238,18 Kb.
#40961
1   2   3   4   5
1-Mavzu

Tayanch iboralar: blended learing (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinar dars, evristik metodlar, tyutor, supervizor, fasilator, edvayzer, moderatorlik faoliyati, dzyuku maktablari, gakuenlar, tanki-daygaku, kenkyu-sey, elementar ta’lim, yo‘nalish maktablari, asosiy maktab, real maktab, gimnaziya, umumiy maktab, fond stipendiyalari, Maks Blank jamiyati, Gelmgols jamiyati, Fraungofer jamiyati, kasbiy akademiya, xagvonlar, ―fuqarolik maktabi, subsidiya, onalar maktabi, differensial ta’lim, integrativ ta’lim, masofaviy ta’lim.

O‘zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‘p bosqichli ta’lim
tizimiga o‘tmoqda. Ta’lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg‘or tajribalar, ta’lim texnologiyalari ta’lim tizimiga kirib bormoqdami, ilg’or tajribalar va ta’lim texnologiyalari ishlab chiqarish bilan hamda hayot bilan uzviy bog’liqmi? - degan savollar hammamiz uchun o’ta muhimdir.

Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif
etmoqda, xususan, keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy
yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.

Deklan Bern "blended learing" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi – ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Online learning)dan iborat.



Vebinar metodi

Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu
termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web – texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda.


Yüklə 238,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin