Yunеskоqоshidagi Хalqarо An’anaviy Musiqa Kеngashi tarkibida maхsus "Maqоm guruhi". O‘tgan davr ichida mazkur guruhning Gеrmaniya (1990, 1992 yy.), Finlandiya (1996 y.), Turkiya (1998 y.), O‘zbеkistоn (2001 y.) mamlakatlarida ilmiy kоnfеrеnsiyalar bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanоq barcha jabhada bo‘lgani kabi san’at bоrasida ham nоyob durdоnalarni
tiklashga, milliy musiqa madaniyatini jahоn uzra ko‘z-ko‘z etishga jiddiy e’tibоr bеrib kеlinmоqda. «Sharq mamlakatlari хalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atining nоyob namunalarini kеng targ‘ib qilish, milliy musiqa an’analarini avaylab-asrash, хalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birоdarlik rishtalarish yanada mustahkamlash, ijоdiy hamkоrlik, madaniy – ma’naviy munоsabatlar dоirasini хalqarо miqyosda kеngaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarоriga ko‘ra, «Sharq tarоnalari» Xalqarо musiqa fеstivali har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi bеlgilab qo‘yildi. Fеstival ilk marоtaba 1997 yilning 25 avgust kuni Samarqanddagi Rеgistоn yodgоrliklar majmuasida o‘z faоliyatini bоshladi. Bunda dunyoning turli burchaklaridan kеlgan atоqli san’atkоrlar, yirik musiqashunоslar, taniqli оlimlar va jamоat arbоblari, musiqa shinavandalari, san’at bayramining guvоhi bo‘ldilar. Mustaqillik davrida ta’lim shaklu shamоyili qayta ko‘rib chiqilishidan tashqari nafaqat uning ayrim tuzilmalarini qayta muvоfiqlashtirishda, balki mazmunini yangilash, shuninshеk, to‘plangan tajribani inоbatga оlgan taqdirda ravnaq tоptirishda talaygina yutuqlar qo‘lga kiritildi.
O‘zbеkistоn siyosiy, iqtisоdiy va madaniy yutuqlarini butun jahоnga namоyish etmоqda. Birgina musiqa sоhasida, mamlakatimizda bu bоrada "Sharq tarоnalari", "Zamоnaviy musiqa", "Simfоnik musiqa", "Milliy chоlg‘ular" kabi nufuzli хalqarо fеstivallarning o‘tkazilishi, qatоr tеatr va musiqa kоshоnalarining yuzaga kеlishi ma’naviy islоhоtlar yo‘lidagi ulkan оdimlar ekanligini isbоtlashga оrtiqcha hоjat yo‘q. Tоshkеntning markazida kоnsеrvatоriya yangi binоsining qad ko‘tarishi va unga O‘zbеkistоn davlat kоnsеrvatоriyasi nоmining bеrilishini esa O‘rta Оsiyo хalqlarining musiqa tariхidagi jahоnshumul vоqеa dеyish mumkin. Bu mo‘’tabar dargоhning ijоdiy va ilmiy jarayoniga asоs bo‘ladigan milliy va umuminsоniy qadriyatlar qatоrida asrlar оsha bizgacha еtib kеlayotgan mumtoz musiqamiz — maqоmlar va хalqimizning musiqiy mеrоsi bеqiyos o‘rin tutadi.
3. Xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini to‘plash, sistemalashtirish, ommaviy va akademik nashrlarni amalga oshirish hamda keng ko‘lamli fundamental tadqiqotlami yaratish borasida bugungi kunda yirik ishlarni amalga oshirib kelayotgan o‘zbek folklorshunosligi fanining shakllanishi tarixi XX asming 20-yillaridan boshlangan. 0 ‘zbek bilim hay’ati tomonidan tashkil etilgan folklor-etnografik ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan G‘.O.Yunusov xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarini to‘plash va ommalashtirishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kabi xalq baxshilarini aniqlagan. G‘.O.Yunusov o‘zbek epos-shunosligi tarixida birinchi boiib 1922-yilning yozida Fozil Yo£ldosh o‘g‘li va Hamroqul baxshilardan «Alpomish» dostonidan parchalar yozib olgan. U o‘zining « 0 ‘zbeklarda el tanish ishi» nomli maqolasida («Turkiston», 1922, 18-dekabr) folklorshunoslikda birinchi boiib «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Yusuf va Ahmad» dostonlari haqida fikr yuritgan, «Alpomish» dostonini jahon adabiyotining «Odisseya», «Iliada» kabi ajoyib durdonalariga qiyoslagan. G‘.O.Yunusov 118 www.ziyouz.com kutubxonasi Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida bo‘lib, ko‘plab qo‘shiq, ertak, afsona, maqol, topishmoq va rivoyatlarni yozib olgan, o‘zbek marosim folkloriga doir kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda, boy etnografik materiallarni ham to‘plagan. Olim o‘zbek folklori namunalarini tosplovchilar uchun metodik qo‘llanma ham yaratgan. G£.O.Yunusovning «Alla» to‘g‘risida bir-ikki og‘iz so‘z» («Maorif va o‘qitg‘uvchi», 1926, №6), «El adabiyotidan namunalar» («Alanga», 1928, №6-7, 3-bet), «Og‘iz adabiyotida sinfiy tuyg‘ular» («Alanga», 1930, №5-6) kabi maqolalari xalq og‘zaki ijodini ilmiy o'rganish borasidagi ilk tajribalar sifatida folklorshunoslik tarixida muhim o‘rin tutadi. 1925-1928-yillarda G‘ozi Olim Yunusov, Hodi Zarifov, Abdulla Alaviy kabi milliy qadriyatlarimiz fidoyilari xalq baxshilarini, ertakchi va qo‘shiqchilarni aniqlash, ulaming repertuaridagi asarlarni yozib olishni tashkil etib, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o'g‘li, Berdi baxshi, Abdulla shoir va boshqa ko‘plab baxshilardan xalq dostonlarini yozib olishgan. Bu sharafli ishga Mahmud Zarifiy, Iso Ernazar o‘g‘li, Fotima (hozirgacha to‘la ismi-sharifi aniqlanmagan), Tovfiq Mustafoyev, Bahrom Ibrohimov, Muqim Hamzabekov, Nazarqosim Mirzayev, Husayn Karimiy kabi havaskor folklor to‘plovchilar ham jalb qilingan, 0 ‘sha davrdato£plangan materiallar bugungi kunda o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi durdonalari saqlanayotgan 0 ‘zR FA Til va adabiyot instituti Folklor arxivining yuzaga kelishiga zamin hozirlagan. 0 ‘zbek folklorshunosligining filologik yo‘nalishdagi fan sifatida shakllanishi H.Zarifov ilmiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. 1905- yil 20-martda Toshkentda tug'ilgan H.Zarifov 1921-yilda o'z ona shahridagi maktab internatni tugatgach, 1923-1926-yillarda Boku o‘ qituvchilar seminariyasining talabasi bo ‘ lgan. 1926—27- yillarda sobiq 0 ‘zbekiston xalq Maorif komissariati ilmiy markazining 0 ‘zbeklarni o‘rganish komitetida ilmiy xodim boMib ishlagan. 1928-yilda «Etnografiya, folklor va arxeologiya bo‘yicha ilmiy-tekshirish kabineti»ni tashkil etgan. ] 928-1930-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik texni119 www.ziyouz.com kutubxonasi kumida o‘qituvclii bo‘Iib ishlagach, 1929-yiIda 0 ‘zbekiston Markaziy muzeyini tashkil etib, 1931-yilgacha uni boshqargan. 1931—1934-yillarda 0 ‘zbekiston Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish instituti Etnografiya seksi)'asining mudiri, 1934-1938-yillarda Toshkent davlat pedagogika. instituti o‘qituvchisi, 1940-1956-yillarda Toshkentdagi Adabiyot inuzeyi-ning tashkilotchisi va direktori, 1943-44-y il larda 0 ‘zR FA Sharq-shunoslik instituti-ning tashkilotchilaridan biri va direktor muovini, 1943-45-yillarda 0 ‘rta Osiyo davlat universiteti o‘qituvchisi bo‘lgan. Shundan keyin 0 ‘zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1944-1948), direktor muovini (1955-1962), Folklor bo'limining mudiri (1934-1972), “0 ‘zbek ensiklopediyasi” bo'limining boshlig‘i (1965-1972) vazifalarida ishlagan. Atoqli folklorshunos olim 1967- yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1973-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. H.T.Zarifov folklor asarlarini yozib olish, to‘plash, nashr etish va o‘rganishga ulkan hissa qo‘shgan alloma, o‘zbek folklorshunosligining asoschisidir. 1928-yilda uning tashabbusi bilan tashkil etilgan «Etnografiya folklor va arxeologiya bo‘yicha ilmiy-tekshirish kabineti» negizida keyinchalik Til va adabiyot institutining Folklor bo4limi yuzaga kelgan. H.T.Zarifov ana shu bo‘limning rahbari sifatida butun umrini o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini to‘plash va ilmiy o'rganishga bag‘ishlagan. 0 ‘zining folklorshunos sifatida ilm faoliyatini to'plovchilikdan boshlagan H.T.Zarifov Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan va Islom shoirdek zabardast so‘z san’atkorlarini aniqlab, ularning ijodiy merosini to‘plagan. Bu baxshilardan yozib olingan “Alpomish”, “Yodgor”, “Jahongir”, “Rustam”, ’’Ravshan”, “Ochildov”, “Hasan batrak”, “Yusuf va Ahmad”, “Avazning uylanishi”, “Mardikor”, “Shayboniyxon” kabi dostonlar o‘zbek eposining eng ajoyib namunalari sirasiga kiradi. H.T.Zarifov ishtirok etgan yoki uning o‘zi tomonidan uyushtirilgan har bir elcspeditsiya fanga yangi materiallar va tahliliy xulosalami taqdim etgan. Jumladan, H.T.Zarifov 1929-yilda G‘.O.Yunusov rah120 www.ziyouz.com kutubxonasi barligidagi folklor ekspeditsiyasining a’zosi sifatida QashqadaryoSurxondaryo vohalarida bo ‘lib, Abdulla Nurali o‘g‘li, Xolyor Abdukarim o‘g‘li kabi chechan baxshilar ijodiyoiini o‘rgangan, 1930-yiigi Xorazm folklor-etnografik ekspeditsiyasí chogida esa Bola baxshi, Qurbon sozchi, Bibi shoira, Ahmad Matnazar o‘gii, Xo‘jayor baxshi Vois o‘g ii kabi xalq shoirlaridan “Asilxon”, “Xirmondali”, “Qirq ming” dostonlarini yozib oigan. H.T.Zarifov 3935-yili Farg‘ona vodiysi dostonchilik maktabining Bo‘ri Sodiq o‘gii, Usmon Mamatqul o‘gii, Umrzoq baxshi, Hasan Xudoyberdi o‘gii, Hasanboy Rasul o‘g‘li kabi ijrochilarini aniqlaganligi ham folklorshunoslik uchun muhim yangilik bo‘lgan. Bu baxshilardan yozib olingan doston va termalar Farg‘ona vodiysida dostonchilik an’analari allaqachon yo‘qolib ketgan degan da’volarning asossiz ekanligini isbotlagan. Atoqli olim H.Zarifov o‘zining 20-yillarda oikazgan ekspeditsiyalari chogida Jizzax viloyatidan «yo ramazón» qo'shlqlarining mukammal namunasini yozib olishga, shuningdek, xalqimizning irim-sirimlari va e’tiqodlariga oid boy faktik materiallar to'plashga muvaffaq boigan. H.T.Zarifovning yirik fan tashkilotchisi sifatidagi faoliyati havaskor foíklor to'plov'chilar ishini markazlashtira olganligi va bu ezgu ishga ko‘pgina ziyolilarni jalb eta bilganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning topshirig‘i va bevosita rahbarligi ostida havaskor folklor to‘plovchi, xalq ijodiyotining haqiqiy fidoyilari biri boigan Iso Ernazar o‘g ii 1927-yilda Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi qishloqlarni kezib chiqib, o‘zbeklarning yaylovga ko‘chish, ot sotib olish, qamchi saqlash, cho‘pon tayog‘i, pichoq berish, nikoh to‘yi, bolaga ism qo‘yish, chechakni davolash bilan bogiiq materiallami, dafn marosimi folklori, irim-sirim vataqiqlarni to‘plagan. U folklorshunoslik amaliyotida birinchi boiib qoqimchi, azayimxon va baxshilarning davolash amallariga doir etnofolkloristik materiallami - qaytarma, qoqim, badik namunalarini yozib oigan. H.T.Zarifov o‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi boiib XX asrning 20-yillaridayoq xalq ijodi asarlarini to‘plash va nashr 121 www.ziyouz.com kutubxonasi etish uchun maxsus transkripsiyani ishlab chiqqan. Bu ilmiy prinsip chuqur nazariy bilim va keng ko‘lamli matniy tayyorgarlikka asoslanganligi uchun ham hozirga qadar nafaqat o'zbek, balki qardosh turkiy xalqlar folklorshunosligida ham samarali qo‘Hanilmoqda. H.Zarifov “Shayboniyxon”, “Ravshan”, “Malika ayyor”, “Chambil qamali”, “Kuntug‘mish”, “Oysuluv”, “Yodgor”, “Kunduz bilan Yulduz”, “Ochildov”, “Xurshidoy”, Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘oloni”, “Hasan batrak”, “Alpomish”, “Yakka Ahmad”, “Xoldorxon” kabi dostonlarni nashrga tayyorlagan. U “0 ‘zbek folkloridan namunalar” (1939), “0 ‘zbek folklori” (1939), “Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi” (1947). “0 ‘zbek xalq shoirlarining ijodi” (1958), “0 ‘zbek she’riyati antologiyasi” (1-tom, 1961) majmualarining ham noshiridir. H.T.Zarifov o‘zbek folklorining o‘ziga xos xususiyatlari, folklorshunoslik tarixi, xalq shoirlarining ijodi va ijrochilik mahorati, repertuari, epik an’ana, dostonlar tasnifi, dostonchilik san’ati, Qo‘rg‘on, Bulung‘ur, Shahrisabz, Xorazm, Juma kabi dostonchilik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari kabi eposshunoslikning nazariy masalalariga doir asarlar yaratgan. U folklorshunoslik tarixida birinchi bo‘lib xalq og‘zaki ijodiyoti fanidan dastur va majmualar tuzgan, folklor asarlarini to‘plash va yozib olish metodikasi haqida ilk qo‘llanma yaratgan. 0 ‘zbek folklorshunosligi maktabining asosiy ilmiy yo‘nalishi xalq ijodiyoti yuzasidan fundamental ilmiy tadqiqotlar yaratishdan iborat bo'lib, H.Zarifovning ilk tadqiqotlari bilan o‘zbek folklorini ilmiy o'rganish ishiga asos solingan. Ayniqsa, uning yirik eposshunos V.M.Jirmimskiy bilan hamkorlikda yaratilib, rus tilida nashr ettirilgan « 0 ‘zbek xalq qahramonlik eposi» monografiyasi, shuningdek, o‘zbek xalq dostonlarining epik tabiati va tarixiy asoslarini tekshirishga oid qator maqolalari, xalq eposini fundamental tadqiq etishning mumtoz namunasi bo‘lishi bilan birga, o‘zbek folklorshunosligi maktabining ilmiy-nazariy asosi ham hisoblanadi. 0 ‘zbek marosim folklori janrlari etnograf M.Gavrilovning kichik bir risolasini hisobga olmaganda, o‘tgan asrning 30-yillariga qa122 www.ziyouz.com kutubxonasi dar deyarli tadqiq etilmay kelinardi. Ana shu badiiy qadriyatlaming to‘planishi va o‘rganilishi foiklorshunos olima Muzayyana Alaviya nomi bilan bog‘liqdir. 1909-yil 26-mayda Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Mo‘minobod mahallasida tug‘ilgan Muzayyana Akmalxonovna Alaviya folklorshunoslikka dastlab to‘plovchi sifatida kirib kelgan. U Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida folklor ekspeditsiy alarida bo‘lib. xalq qo‘shiqlari, afsona, rivoyat, ertaklarni to‘plagan. Fozil Yo‘ldosho‘g‘li, Islom shoir, Boytnurod Boymat o‘gii, Hay4ar Boychayev, Abdulla shoir Nurali o‘g‘li, Umr shoir Safarov, Qo'zi va To‘qli Ro‘ziyev kabi xalq baxshilaridan o‘nlab termalar va dostonlarni yozib oigan. Olimaningko'pyillik izlanishlari natijasida‘‘0 ‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1955), “Yangi qo‘shiqlar” (1959), “0 ‘zbek tblkloridan namunalar” (1955), ’’Oqolmaqizil olma” (1979), “Xalq qo‘shiqlari” (1983) kabi to‘plamlar yuzaga kelgan. U Fozil Yo‘ ldosh o'g'lining “Intizor” dostonini nashrga tayyorlagan. M.Alaviya o‘zbek xalq marosim qo‘shiqlarining mavzu qamrovi, g‘oyaviy mazmuni, badiiy xususiyatlari, ijtimoiy mohiyati, qo‘shiqchilarning ijrochilik san’ati, qo‘shiqlaming tarixiy asoslariga doir ko‘ plab ilmiy tadqiqotlar muallifidir, M.Alaviya 0 ‘zR FA Til va adabiyot institutining folklor ekspeditsiyalari ishtirokchisi sifatida oilaviy-maishiy marosimlar bilan aloqador o‘lan, yor-yor, kelin salom, lapar kabi janrlarga oid matnlami to‘plagan. 1969-yilda Sayram, Turkiston, Iqon, Qorabuloq bo‘ylab o‘tkazilgan folklor ekspeditsiyasi chog‘ida shamol to‘xtatish marosimi bilan bog‘liq «Choymomo» qo‘shig‘ining ko‘plab variantlarini aniqlagan. Marosim folklori namunalarini izchil to‘plab, tadqiq etgan M.Alaviya 1957-yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Do‘sbergan qishlog‘ida yashovchi Qirmiz momo hamda Ashiroy Ro‘ziyevadan boqimchilik va baxshichilik amaliyotining to‘liq tavsifini yozib oigan. Olima baxshi chorlovi, xudo va avliyolami yodga olishi, pir va parilarni chaqirishi, pirlardan yo‘l so‘rashi, morn www.ziyouz.com kutubxonasi molarni chorlashi, qirq chilton, pari, devlar, lashkarga o‘z boshidan o‘tganini aytib berishi va lashkami yoiga solishi, shuningdek, gulafshonni davolash bilan bogiiq aytimini yozib olgan boiib, bu materiallar o‘zbek shomon folklorini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. M.Alaviyaning o‘zbek marosim folklorini ilmiy tadqiq etish borasidagi izlanishlari 1974-yilda chop ettirilgan « 0 ‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari» nomli monografiyasida umumlashtirildi. 0 ‘z ilmiy faoliyatini 1932 yilda Toshkentdagi Madaniy qurilish institutida boshlagan Mansur Afzalov o‘zbek xalq nasri asarlarini to'plash, nashr etish va ilmiy o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. 0 ‘zbek xalq ertaklari, doston va afsonalarni to‘plab, tadqiq etgan M.Afzalov Islom shoirning “Orzigul” (1940, 1956, 1961), “Gulixiromon” (S.Asqarov bilan hamkorlikda, 1965), Fozil shoirning “Shirin bilan Shakar” (1955), “Murodxon” (X.Rasul bilan hamkorlikda, 1956), “Balogardon” (X.Rasul bilan hamkorlikda, 1957), “Farhod va Shirin” (1966), “Zulfizar” (1969), Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Xushkeldi” (1962) dostonlarini nashrga tayyorlagan. U Islom shoir “Tanlangan asarlar”i (1953), “0 ‘zbek folkloridan o‘quv materiallari” (1950), “0 ‘zbek dostonlari” (1956-58), “0 ‘zbek she’riyati antologiyasi” (1948), “0 ‘zbek xalq ertaklari” (1951), “0 ‘zbek xalq ertaklari» (1960-1962), “0 ‘zbek xalq maqollari” (1958-1960) majmualarini ham chop ettirgan. 0 ‘zbek xalq nasrining janrlar tarkibi, xalq baxshilarining hayoti va ijodi, folklor va ijtimoiy hayot, folklorshunoslik tarixi masalalari bilan shug‘ullangan olimning “0 ‘zbek xalq ertaklari haqida” (1964) asari o‘zbek ertaklari haqidagi birinchi yirik tadqiqotdir. Bu kitobda o‘zbek xalq ertaklari tasnif qilingan, ertaklaming o‘rganilish tarixi, obrazlar tizimi, motivlarning tarixiy asoslari, ertaklaming yuzaga kelish tarixi va badiiy xususiyatlari, ertak ijrochiligi tadqiq etilgan. 0 ‘zbek folklorini to‘plash, nashr etish, tadqiq etishga katta hissa qo‘shgan olima Z.Husainova 1951-yildan buyon 0 ‘zR FA Til va adabiyot institutining folklor ekspeditsiyasi safida respublikamizning barcha viloyatlarida, Janubiy Tojikiston va 0 ‘shda boiib, xalq 124 www.ziyouz.com kutubxonasi og‘zaki ijodiyotining qo‘shiq, maqol, topishmoq, ertak, latifa kabi janrlariga doir matnlarni to‘plagan. Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘lidan “Malika ayyor”, “Xolbeka” (1946), Umr Safar o‘g‘lidan “Zandigor” (1949), Abdulla Nurali o'g‘Udan “Alpomish”, Toshmurod baxshi To‘rabovdan “Mayda savdogar”, Hamro Ergashevdan “Alpomish”, Niyoz Alimqul o‘g’!idan “Yusuf va Ahmad”, Beknazar Rahmatovdan “Qoraqum” dostonlarini yozib olgan. Olima “Oshiq G‘arib va Shohsanam” (1958), “Gulnor pari” (1965), “GuIshanbog£” (1966), “Avazxon” (1967), “Xolbeka” (1968), “Alibek va Bolibek” (1973), “To£lg‘anoy” (1974), “Chambil qamali” (1978), “Avazxonning o‘limga hukm etilishi” (1976), “Mashriqo” (1988) dostonlarini nashrga tayyorlagan, shuningdek, professor T.Mirzayev bilan hamkorlikda Nurali Nurmat o£gTi va Abdug'afur Shukurov kabi ertakchilardan yozib olingan ertak, naql, latifalar hamda Rahmatulla Yusuf o‘g‘li repertuaridagi “Go‘ro‘g£Ii” turkum dostonlarni chop ettirgan. Z.Husainova xalq shoirlarining hayoti va ijodiyoti, topishmoqlarning tarixiy asoslari, janr xususiyatlari, tasnifi va badiiyatiga doir ilmiy asarlar yaratgan. Ergash Jumanbulbul o£g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g£li, Islom shoir va Po‘lk.an shoir kabi atoqli baxshilarning bibliografiyasi hamda 0 £zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutidagi H.Zarifov nomli 0 ‘zbek folklori arxivi materiallarining manbalar ko'rsatkichini tuzgan. U Ergash Jumanbulbul o£g£li adabiy merosini nashr etish va o‘rganishdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Xalq teatrini oTganishni an’anaviy og£zaki dramalarni yozib olishdan boshlagan M.Qodirov 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi San’atshunoslik institutining folklor ekspeditsiyasi tarkibida Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona, Namangan, Andijon, 0 £sh, Xorazm viloyatlarida bo‘lib, 300 ga yaqin xalq teatri ijrochilarining ijodiy faoliyatini o£rgangan, ellikdan oshiq professional va havaskor masxarabozlar bilan ijodiy suhbatlar o‘tkazgan, yuzga 125 www.ziyouz.com kutubxonasi yaqin xalq dramasi, kulgi-hikoya va qiziqchilik namunalarini yozib oigan, ko‘pIab pantomima, xalq raqslari va tomosha san’atiga doir materiallar to‘plagan. M.Qodirov tomonidan yig‘ilgan materiallar o‘zbek xalq tomosha san’atini o‘rganishda yangi yo‘nalishlarni ochib berdi. Chunki ilgari «o‘zbek xalq teatri» deganda, faqat Farg‘ona vodiysi qiziqchilik san’ati nazarda tutilardi, xolos. M.Qodirov esa respublikamizda o‘zbek xalq teatrining Buxoro, Qo‘qon va Xorazm maktabi mavjudligi hamda har bir an’ananing umumiy va o‘ziga xos tomonlarini aniqlagan. U o‘zbek xalq og‘zaki dramasining folklor asari sifatidagi o‘ziga xos badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi, xalq san’atkorlarining ijrochilik mahoratini chuqur tadqiq etib, teatr folklorshunosligi yo‘nalishiga asos solgan. M.Qodirov o‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi bo‘lib xotin-qizlar folklor teatri mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. U 1958-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi G‘o‘s qishlog‘ida yashovchi ayollardan o‘ttizta og‘zaki drama va kulgihikoyalarni yozib oldi va ayollar xalq teatrining tarixiy asoslari, asosiy yo‘nalishlari, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari, og‘zaki dramalarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rgangan. 0 ‘zbek xalq san’atining muqallid, tanqid, kulgi-hikoya, masxarabozlik, qiziqchilik, qo‘g‘irchoqbozlik, ot o‘yin, askiya, qarsak o‘yin, muallaqchilik-dorbozlik, nayrangbozlik kabi qadimiy turlariga doir boy materiallarni to‘plab, tadqiq etgan. 0 ‘zbek xalq teatrini jonli aktyor teatri va qo£g‘irchoq teatriga boiib tasniflagan M.Qodirov “Laylak ilonni ovladi”, “Yumronqoziq”, “Kichkinajon”, “Kadi badbaxt”, “Buva qovoq”, “Tevarak o‘yin”, “Ajdaho o‘yin”, “Mavrigi” kabi xalq o'yinlari hamda Yusutjon qiziq, Usta Olim, Mulla TVychi, Toshkanboy dorboz, Karim chavandoz, Aka Buxor, Komil qori singari xalq san’atkorlarining ijodiy merosini o‘rgangan. 0 ‘zbek xalqining musiqa merosini to‘plash bilan izchil shug‘ullangan Y.Rajabiy 1955-1959 yillarda o‘zi to‘plagan materiallar asosida mingdan oshiq xalq qo‘shiqlari va cholg‘u kuylarini o‘z ichiga oigan “0 ‘zbek xalq musiqasi” majmuasining besh 126 www.ziyouz.com kutubxonasi ft jildini nashr ettirgan, U Toshkent-Farg'ona raaqom yoilari, Buxoro “Shashmaqom”i va uning tarkibiy q ism larin i to‘plab, mukammallashtirib nashrga tayyorlagan hamda 1966-1975 yillar davomida olti jildlik kitob holida chop ettirgan. Folklorshunos olim R.Muhammadiyevning tashabbusi va ishtirokida askiya san’ati materiallarini to‘plash, o‘rganish va ommalashtirish maqsadida maxsus folklor ekspeditsiyalari o‘tkazilgan. 1961 yilda Farg‘ona vodiysida ish olib borgan birinchi ekspeditsiyada askiya janrining tarqalish doirasi va tarixiy taraqqiyotini o‘rganishga doir materiallar to‘plangan, askiya payrovlarini yozib olingan. 1963- yilda o‘tkazilgan ikkinchi ekspeditsiya chog‘ida mashhur askiyabozlarning repertuari tadqiq etilgan, ustoz so'z san’atkorlari haqidagi xotiralar, rivoyatlar, latifalar va o‘zbek askiyachilarining ijodiy merosi to‘plangan. 1965-vilning yozida esa Farg'ona vodiysining shimoliy tumanlarida, Sirdaryo va Tashkent viloyatlaridagi yosh askiyachilar ijodiyoti o‘rganilgan. 0 ‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalarini chuqur tadqiq etgan M.Saidov “Nurali”, “Zulfizar”, “Gulnor pari”, “Avazxon”, “Misqoi pari”, “Tohir va Zuhra”, “Sumanbar”, “Zevarxon”, “Varqa bilan Gulshoh”, “Vomiq va Uzro”, “Balxuvon”, “Gulshanbog‘” dostonlarini chop ettirgan. 0 ‘zbek folklorini to‘plash, nashr ettirish va o‘rganishga katta hissa qo‘shgan J.Qobulniyozov Xorazm xalq dostonlari va qo‘shiqlarini yozib olib, xalfalar ijodini o‘rgangan. Bola baxshi Abdullayevdan “Bozirgon”, “Avazxon”, “Oshiq Mahmud”, M ah m ud Yusupovdan “Oshiq Mahmud”, “Sayyodxon va Hamro” dostonlarini yozib olib, 1966-1970 yillarda chop ettirgan. 1966-yilda esa o‘zi to£plagan xalq qo‘sliiqlari asosida “Xorazm xalq qo‘shiqlari” to‘plamini nashr ettirgan. 0 ‘zbek folklori asarlarini to‘plash va sistemalashtirish ishiga. katta hissa qo'shgan M.Murodov 1959-yildan to 1990-yillaming oxirigacha respublikamizning turli viloyatlarida folklor ekspeditsiyalarida bo‘lib, Yusuf 0 ‘tagan o‘g‘li, Razzoq Qozoqboy o£g‘li, Husan baxshi Rajab o‘gii, Haydar Boycha o‘gii, Usmon Madumar o‘gii, 127 www.ziyouz.com kutubxonasi Eshqobil Qo‘shoq o‘gii, Hazratqul Xudoyberdi o‘g‘li, Qodir Rahim o‘g‘li, Xushvaqt Mardonaqul o‘g‘li kabi baxshilarning repertuarini o‘rgangan, yuzlab ertak, rivoyat, afsona, maqol va topishmoqlarni yozib oigan. U “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Xilaman”, “Bahrom va Gulandom”, “Zevarxon”, “Gulruh pari”, “Qorako‘z oyim”, “Jorxun maston”, “Nurali” kabi dostonlarni nashrga tayyorlagan. 0 ‘zi yozib oigan materiallar asosida “Ailomalar ibrati” (1983) rivoyatlar to‘plami va “Q‘zbek xalq fantastikasi” silsilasidagi “Oymoma ajdaho” (1983), “Qora dev” (1984), “Yonar daryo” (1985), “lion pari” (1986), “Samo tulpori” (1987), “Guliqahqah” (1988), “Oltin olma” (1989) kabi ertak majmualarini chop ettirgan
Nazorat avollari
1. Xalq musiqa ijodi fani qaysi xalqlar muaiqa merosi an’analari organiladi?
2. Rus va evropa etnograf hamda musiqachilarning faoliyati xaqida so’zlab bering?
3. Taniqli etnоgraf va kоmpоzitоrlar orasidan kim birinchi bo‘lib maqоmlarni zamоnaviy nоta sistеmasi asоsida yozishga kirishgan?
4. So‘nggi o‘n yilliklarda maqоmshunоslikning jоnlanishi to‘lqinida mavzuga оid Rеspublika va Xalqarо dоiradagi ilmiy anjumanlar qaysi shaxar va viloyatlarda o‘tkazildi?
5. O’zbek epos-shunosligi tarixida kim birinchi boiib 1922-yilning yozida Fozil Yo£ldosh o‘g‘li va Hamroqul baxshilardan «Alpomish» dostonidan parchalar yozib olgan?
6. O’zbek xalqining musiqa merosini to‘plash bilan izchil shug‘ullangan Y.Rajabiy o‘zi to‘plagan materiallar asosida olti jildlik kitobi haqida toliq ma’lumotlar keltirib bering?