Fizikadan masala ishlashning analitik-sentetik metodi: Uzluksiz ta’lim tizimida masalalarni ishlashning sinalgan metodi – analitik-sentetik metoddir. Bu metodning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda analiz va sentiz birgalikda qo‘llaniladi. Bu metodda dastlab masalaning shartini tahlil qilish natijasida, oxiri kerakli kattalik topiladi. Keyin esa, ma’lum kattaliklar bilan noma’lumlarni birlashtirib, sintez jarayoni bajariladi. Ularning bog‘lanish bo‘yicha tegishli amallarni bajarish orqali, noma’lum kattalik, ma’lum kattaliklar orqali topiladi.
Bu aytilganlarni quyidagi masalani ishlashda ko‘raylik. Massasi 10 t bo‘lgan haydov traktorini tuproqqa beradigan bosimni toping. Traktorning tayanch qismining uzunligi 2 metr, eni 50 sm.
Tahlil. Traktorning tuproqqa beradigan bosimini aniqlash uchun, uning og‘irlik kuchini va tayancha yuzasini bilish kerak. Masalaning shartida traktorning og‘irlik kuchi ham, tayanch yuzasi ham berilmagan. Traktorning ikki tomoni bor. To‘liq tayanch yuzasini topish uchun, bir tomonining yuzasini topib, unni ikkiga ko‘paytirish kerak. Bir tomonning yuzasi, uzunligini eniga ko‘paytmasiga teng. Traktorning og‘irlik kuchi esa, erkin tushish tezlanishini uning massasiga ko‘paytmasi orqali orqali topiladi.
Sintez. Bunda masalani yechish yo‘li teskari hal qilinadi. Ishlash rejasi tuzilib, kerakli hisoblashlar bajariladi. Tahlilning ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
G‘ildirakning yoki bo‘lmasa traktorning tayancha tomonining uzunligini eniga ko‘paytirib, bir tayanchning yuzasini topamiz. Uni ikkiga ko‘paytirsak, to‘la tayancha yuza kelib chiqadi. Traktorning massasi ma’lum bo‘lgandan keyin, uning og‘irlik kuchini topib olamiz. Traktorning tuproqqa bosimini topish uchun, og‘irlik kuchini tayancha yuzasiga bo‘lamiz.
Sifat masalalarni ishlashga ko‘rsatma.Yuqorida aytilganidek, savol turidagi masalalar ya’ni sifat masalalar og‘zaki yechiladi. U uch bosqichdan iborat: masalaning shartini o‘qish, uni tahlil qilish va ishlash.
Masalaning mazmunini tahlil qilishda, dastlba shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tanish bo‘lgan qonuniyatlar ishlatiladi Keyin esa, masalada talab qilingan hodisani qanday tushuntirish kerak yoki berilgan savolga javob berish uchun nimalarni bilish kerakligi aniqlanadi. Qo‘yilgan savolga javob topish maqsadidagi tahlillar natijasida yakuniy xulosa chiqariladi.