1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə29/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Lipoidlar va ularning ahamiyati. Organizmdagi lipoidlar, ya’ni yog‘simon moddalar asosan ikki guruhga bo‘linadi: fosfatidlar va sterinlar. Fosfatidlar -leytsin, kefalin, sfingomielin va boshqalar organizmda katta ahamiyatga ega. Fosfatidlar organizmda jigarda, ichaklarning devorlarida, urug‘donlarda, tuxumdonlarda, sut bezlarida va boshqa turli organlarda oqsillar bilan birikib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan tashqari, ular turli kislotalar bilan ham kompleks birikmalari hosil qilib, ularning moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etishlariga yordam beradi. Fosfatidlar to‘qimalarda lipaza, fosfotaza fermentlarining ishtirokida to‘xtovsiz ravishda, parchalanib va hosil bo‘lib turadi. Fosfatidlar nerv to‘qimasining tarkibida ham ko‘p miqdorda uchraydi. Jumladan, miyaning funksional holati uning to‘qimalari tarkibidagi fosfatidlar miqdori bilan ham belgilanadi. Fosfatidlar serebrozidlar, xolesterin va shularga o‘xshash boshqa moddalar bilan birga nerv to‘qimasi quruq qoldig‘ining asosiy qismini, ya’ni yarmidan ko‘ra ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Letsitinlar azotli asos xolin bilan birikkandir. Xolin bilan sirka kislotaning murakkab efiri -atsetilxolin impulslarning neyrondan neyronga va shuningdek, nerv tolasidan muskulga o‘tkazilishida ishtirok etadi. Fosfatidlar ichak devorlarida yog‘larning qayta sintezlanishida, qonda yog‘lar va yog‘ kislotalarning toshilishida, sut yog‘i sintezlanishida, organizmda yog‘ kislotalarining oksidlanib, parchalanishida va shunga opxshash bir qator jarayonlarda ishtirok etadi. Sterinlardan politsiklik spirt-xolesterin organizm uehun eng muhimidir. Xolesterin yog‘ kislotalari bilan birikib efirlar, oqsillar bilan birikib esa kompleks birikmalar hosil qiladi. Tekshirishlar natijasida xolesterin ham organizmning barcha to‘qimalarida erkin ham birikkan holatda uchrab turishi aniqlangan. Buyrak usti bezlari, nerv to‘qimasi, eritrotsitlar, o‘t suyuqligi xolesteringa ayniqsa boy. Buyrak usti bezlarining po‘stloq qismi, jinsiy bezlarning gormonlari, provitamin "D"-ergosterin, o‘t kislotalari sterin mahsulotlaridir. Sterinlar organizmda ko‘plab sintezlanadi. Keyingi paytlardagi tekshirishlarda jigarning Kupfer hujayralarida, taloqda, o‘pkada, miyada xolesterin sintezlanishi isbotlangan. Xolesterin organizmda almashinib, kopresterin holatida axlat bilan birga tashqariga chiqariladi.
Uglevodlar. Uglevodlaming klassifikasiyasi va energetik ahamiyati. Uglevodlar -uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan organik birikmalardir. Odatda oddiy, murakkab uglevodlarga farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda oddiy - monosaxaridlar, masalan, glyukoza va murakkab -polisaxaridlar va bular ham o‘z navbatida quyi - oddiy uglevodlaming qisman qoldiqlarini saqlovchi (disaxaridlar) va murakkab uglevodlar qoldig‘ining juda ko‘plab molekulalarini saqlovchi (polisaxaridlar) uglevodlarga farqlanadi. Hayvonlar organizmida uglevodlaming miqdori quruq moddaning 2 % ga yaqinini tashkil etadi.
Sog‘lom odamlarning o‘rtacha bir kecha-kunduzda uglevodlarga bo‘lgan talabi - 500 g.tashkil etadi, jadal jismoniy ish bajarganda bu talab -1000 g. gacha ortadi. Uglevodlar istepmol qilinayotgan oziq-ovqatlarning umumiy massasini 60 % ni, energiya Bo‘yicha esa 56 % ni tashkil qilishi kerak.
Glyukoza qon tarkibida saqlanadi va lining miqdori doimo ma’lum (0,1-0,12 %) darajada saqlab turiladi. Ichaklardan soprilgan mono-saxaridlar to‘qimalarga olib kelinadi va u yerda monosaxaridlardan sitoplaznia tarkibiga kiruvchi glikogen sintezlanadi. Glikogenning zahiralari asosan jigar va to‘qimalarda saqlanadi.
Tana vazni 70 kg bo‘lgan odam gavdasida glikogenning umumiy miqdori 375 g.ga yaqin bo‘ladi, uning 245 g.muskul to‘qimalarda 110 g. ( to 150 g.gacha) jigarda, qon va tananing boshqa suyuqliklarida 20 g saqlanadi. Sport bilan shug‘ullangan odamlar organizmida glikogenning miqdori, sport bilan shug‘ullanmagan odamlardagiga nisbatan 40-50 % ga ko‘p bo‘ladi.
Uglevodlar - organizmning hayot faoliyati va ish bajarishi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi.
Ikkinchi tomondan, hattoki uzoq muddatli ochlikdan keyin ham qondagi glyukozaning darajasi kamayib ketmaydi, ya’ni to‘qimalardan ulardagi glikogenni parchalanishi natijasida glyukozaning qonga tushishi kuzatiladi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin