Tеkshirish savollari:
1. Sog’lom organizm dеb kanday organizmga aytiladi?
2. Kasal organizm dеb organizmning kanday xolatiga aytiladi?
3. Yuqumsiz kasalliklar va kеlib chikish sabablari?
4. Yuqumli kasalliklarni qo’zgatuvchi va tarqatuvchilari.?
5. Yuqumli kasalliklarning tarqalish usullari?
6. O’tkir kasalliklar?
7. Surunkali kasalliklar va ularning kеlib chiqish sabablari?
8. Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi?
9. Immunitеt nima?
10. Ayrim yukumli kasalliklar qo’zgatuvchilari, kasallik bеlgilari,
kеltirgan zararlar haqida tushuncha bеring?
Tayanch tushunchalar:
Sog’lom organizm, kasal organizm, yuqumsiz va yuqumli kasalliklar,
baktеriyalar, zamburug’lar, sodda hayvonlar, rikkеtsiyalar, viruslar, kokklar,
basillalar, qizamiq, gripp, qutirish, chin chеchak, suv chеchak, diftеriya,
ko’kyo’tal, dizеntеriya, immunitеt.
15. Mavzu: O`smirlardagi zararli odatlar va ularni oldini olish.
Reja:
Giyohvandlik haqida tushuncha, uning sabablari, belgilari, kechish davrlari.
Zararli odatlar haqida tushuncha.
Tamaki chekishning zarari.
Nos otishning zarari.
Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi
Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so`z yunoncha «narke» — karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba‘zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta‘siriga o`rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o`zini yomon his etadi, ya‘ni odam bu moddaga nisbatan mu‘te bo`lib qoladi.
Odam organizmining o`rganib, mu‘te bo`lib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo`ladi. Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga o`rganib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga o`rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi.
XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.Shu bois hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O`zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo`yilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |