1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi


Bolalar oliy asab faoliyatining tipologik xususiyatlari



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə7/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Bolalar oliy asab faoliyatining tipologik xususiyatlari. Bolalarda oliy asab faoliyatini o'rganish N. 1. Krasnogorskiy bosh miyaning po'stloq va po'stloqosti hosiialari orasidagi asab faoliyatini kuchiga. muvozanatlashgaligiga va harakatchanligiga hamda signal tizimlari orasidagi nisbatlarga bog'liq holda oliy asab faoliyatining 4 ta tipini ajratdi.
1. Kuchli, muvozanatlashgan, maqbul qo'zg'aluvchan tez tip.
Bu tip juda tez shartli reflekslar hosil boiishi bilan xarakterlanadi, bu reflekslarning turg'unligi jiddiydir. Bu tipga mansub bolalar juda nozik tabaqalashlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Ularning
shartsiz reflektorli faoliyati funksional jihatdan kuchli po'stloq bilan boshqariladi. Bu tipdagi bolalar vetuk juda yaxshi rivojlangan
bo iib , turli lug'atiy tarkibdan iborat boiadi.
2. Kuchli, muvozanatlashgan. sekin tip. Bu tipdagi bolalarda
shartli reflekslar juda sekin hosil boiadi. so'ngan reflekslarning
tiklanishi ham xuddi shunday sekin boiadi. Bu tipga mansub bolalarning shartsiz reflekslari va emotsional holatlari doimo sezilarli
darajada po'stloq nazoratida boiishi bilan xarakterlanadi. Ular gapirishga juda tez o'rganadi. faqat gaplar biroz sekinlashgan boiadi.
Murakkab vazifalarni bajarishda doimiy ravishda faol va turg'un
boiadi.
3. Kuchli, muvozanatlashmagan. yuqori qo'zg'aluvchan jonsarak
tip. Doimo ham po'stloq bilan nazoratda bo'lavermaydigan, kuchli namoyon boiuvchi po'stloqosti faoliyati. yetarlicha tormozlanmaydigan jarayonlar bilan xarakterlanadi.Bunday bolalarda shartli reflekslar tez so'nadi. hosil boiayotgan tabaqalanish esa chidamsiz. Bunday tipdagi bolalar yuqori. emotsional qo'zg'aluvchanlik urishqoqligi, jangariligi va affektlar bilan ajralib turadi. Bunday
tipdagi bolalar juda tez. ayrim hollarda baqirish-chaqirishlar bilan
gapiradi.
4. Zaif tip. Bu tipdagi bolalar past darajadagi qo'zg'aluvchanlik bilan xarakterlanadi. Shartli reflekslar sekin hosil boiadi. chidamsiz ko'pchilik holatlarda sekin gapiradi, yengil tormozlanuvchi tipdir. Kuchli, aniq koiinib turuvchi tashqi tormozlanishlar paytida zaif, ichki tormozlanish xarakterlidir. bu esa bolalarning yangi o’qitish. o'rgatish sharoitlariga va ularning o'zgarishiga qiyin
o'rganishi bilan tushuntiriladi. Bu tipdagi bolalar kuchli va davomli
qo'zg'alishlarga chiday olmaydi. juda tez charchaydi. Biz yuqorida
ko'rsatganimizdek odamlarning oliy asab faoliyatining eng asosiy
farqlovchi belgilaridan biri uning plastikligidir. Katta yarimsharlar
hujayralarining plastikligi, ularning tashqi muhitning o'zgaruvchan
sharoitiga moslashuvchanligi tiplarning qayta hosil boiishiga morfofunksional asos bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin