- Boshqariluvchi ob'ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondoshuv
- sistemali-funksional yondoshuv
- sistemali-tarkibiy yondoshuv
- sistemali-kommunikasion yondoshuv
- Boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo yetadi.
Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko‘rsatishga asoslanadi.
Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir.