1-mavzu: iqtisodiy bazis tushunchalari
1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari:
a) korxona ishlab chiqarishni mo‘ljallagan ikki xil tovarning aniq miqdorini ko‘rsatadi;
b) ikki xil tovarni ishlab chiqarishning eng yaxshi kombinatsiyasini ko‘rsatadi;
v) mavjud resurslar miqdori doirasida tovarlar ishlab chiqarishning muqobil variantlarini ko‘rsatadi;
g) ishlab chiqarish omilllari mahsuldorligining kamayib borishi qonuni kuchga kiradigan vaqtni ko‘rsatadi.
2. Iqtisodiyot samarali hisoblanadi, agar:
a) to‘liq bandlikka erishilgan bo‘lsa;
b) ishlab chiqarish omillaridan to‘liq foydalanayotgan bo‘lsa;
v) to‘liq bandlik yoki resurslardan to‘liq foydalanishdan bittasiga erishsa;
g) ham to‘liq bandlikka, ham resurslardan to‘liq foydalanishga erishsa.
3. Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa:
a) ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan bo‘ladi;
b) iqtisodiyot ko‘proq tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
v) ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshilanadi;
g) turmush kechirish farovonligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: |