15. Talabning bir omilli funksiyasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
A) Qs=f(P);
B) Qd=f(P, Z,R);
*С) Qd=f(P) ;
D) Qs=f(P,T,N).
16. Taklifning bir omilli funksiyasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
*A) Qs=f(P);
B) Qd=f(P, Z,R);
С) Qd=f(P) ;
D) Qs=f(P,T,N).
17. Talabning ko‘p omilli funksiyasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
A) Qs=f(P,M,U,R,S,Z..);
B) Qd=f(P, Z,R,G,J,A,K..);
*С) Qd=f(P,R,Z,W,Po‘,Pt,N..) ;
D) Qs=f(P,T,Pr,Tax,D, O).
18. Taklifning ko‘p omilli funksiyasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
A) Qs=f(P,D,V,O,N..);
*B) Qs=f(P,T,Pr,Tax,D, O);
С) Qd=f(P,R,Z,W,Po‘,Pt,N..);
D) Qd=f(P, Z,R,L,S,X..).
19. Talabning to‘g‘ri chiziqli tenglamasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
A) Qd=a+bP;
B) Qs=a-bP;
*С) Qd=a-bP;
D) Qs=a+bP.
20. Taklifning to‘g‘ri chiziqli tenglamasi qaysi formulada to‘g‘ri berilgan:
*A) Qs=a+bP;
B) Qs=a-bP;
С) Qd=a-bP;
D) Qd=a+bP.
4-mavzu. Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar
1. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
A) Talab va taklif chiziqlari kesishmasa;
B) Narx xarajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo‘lsa;
С) Texnologiya darajasi bosqichma – bosqich o‘zgarib tursa;
*D) Taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa.
2. Agar bozor narxi muvozanat holatdan past bo‘lsa:
A) Tovar ortiqchaligi yuzaga keladi;
*B) Tovar taqchilligi paydo bo‘ladi;
С) Taklif hajmi ko‘payadi;
D) Talab hajmi kamayadi.
3. Tovarga bo‘lgan talab va taklif bir xil nisbatda ko‘paysa:
A) Baho ko‘tariladi;
B) Tovarning umumiy hajmi oshadi;
*С) Baho o‘zgarmay qoladi;
D) Jamiyatning farovonligi oshadi.
4. Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan yuqorida bo‘lsa:
*A) Tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
B) Taqchillik yuzaga keladi;
С) Ishsizlik ko‘payadi;
D) Muvozanat holat ta’minlanadi.
5. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi fermerlarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
*С) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
6. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi iste’molchilarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
*A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
С) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
7. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifi talabdan ortib ketib, narxlar keskin tushib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
*A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
С) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
8. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida taklif keskin kamayib, talab qondirilmasligi sababli narxlar keskin oshib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
*B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
С) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |