1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Reja



Yüklə 118,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.09.2022
ölçüsü118,9 Kb.
#64073
  1   2   3   4
1-maruza



1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. 
Reja: 
1. Model va modellashtirish. Model turlari. 
2. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari. 
Tayanch so’z va iboralar: Model, modellashtirish, fizik model, biologik model. 
 
1.Model va modellashtirish. Model turlari. 
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki 
namunasidir. 
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, 
pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. 
Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash 
muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli 
hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir. 
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina 
o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday 
hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga 
foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining 
rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi. 
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi 
mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish 
qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va 
jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi 
zarur. 
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba 
o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga 
ta`sir etadi. 
Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari 
yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot 
jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona 
vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni 
o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, 
biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham 
foydalaniladi. 
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular abstrakt, fizik 
va biologik guruhlar. 
Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar kiradi. 
Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar va shu 
kabilar kiritiladi. 

Yüklə 118,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin