1-mavzu: moliya bozori va uning qatnashchilari


deponent — depo hisobvarag'iga ega bo'lgan shaxs; investisiya aktivlari



Yüklə 26,64 Kb.
səhifə6/7
tarix16.05.2023
ölçüsü26,64 Kb.
#114754
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu moliya bozori va uning qatnashchilari

deponent — depo hisobvarag'iga ega bo'lgan shaxs;
investisiya aktivlari — qimmatli qog'ozlar, pul mablag'lari va qonun hujjatlariga muvofiq investisiya aktivlari deb e'tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
investor — qimmatli qog'ozlarni o'z nomidan va o'z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
nfratuzilma obligasiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag'larini jalb etish maqsadida xo'jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar;
kliring — qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar bo'yicha o'zaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olish;
korporativ obligasiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va o'zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligasiyalar;
market-meyker — qimmatli qog'ozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini o'z zimmasiga olgan investisiya vositachisi;
netting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli;
noemissiyaviy qimmatli qog'ozlar — ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog'ozlar tushunchasiga oid bo'lmagan qimmatli qog'ozlar;
obligasiya — emissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u obligasiyani saqlovchining obligasiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligasiyani chiqargan shaxsdan obligasiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligasiyaning nominal qiymatidan qat'iy belgilangan foizni olishga bo'lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi;
xalqaro obligasiya — sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan ko'proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna bo'yicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi;
opsion — emissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u o'z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat'iy belgilangan narx bo'yicha sotib olishga bo'lgan huquqini tasdiqlaydi;
fond birjasi — ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o'rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o'tkazish orqali faqat qimmatli qog'ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs;

Yüklə 26,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin