egasining nomi yozilgan qimmatli qog'ozlar — mulkiy huquqlarning realizasiya qilinishi o'z egasining ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishini talab etadigan qimmatli qog'ozlar;
qimmatli qog'ozlar — hujjatlar bo'lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi;
qimmatli qog'ozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog'liq munosabatlari tizimi;
qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog'ozlarning emitentlari, qimmatli qog'ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek birjalar va Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi;
qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar — qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdisi, hadyasi, merosi, ustav fondiga kiritilishi va qimmatli qog'ozlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, shuningdek qimmatli qog'ozlar garovi;
qimmatli qog'ozlarga doir fyuchers — qimmatli qog'oz bo'lib, u o'zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog'ozlarning muayyan sonini qat'iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
qimmatli qog'ozlarni joylashtirish — qimmatli qog'ozlarni ularning dastlabki egalariga berish;
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi — depo hisobvaraqlari bo'yicha emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni saqlashning, bunday qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar harakatining yagona tizimini ta'minlovchi davlat depozitariysi;
qimmatli qog'ozlarning muomalasi — qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog'ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
Qimmatli qog'ozlarning asosiy (fundamental) xususiyatlari: