1-Mavzu. Moliya faniga kirish. Moliyaning vujudga kelishi va iqtisodiy tizimdagi o‘rni. Reja



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/2
tarix30.09.2023
ölçüsü45 Kb.
#151138
  1   2
Moliya 1-leksiya


1-Mavzu. Moliya faniga kirish. Moliyaning vujudga kelishi va iqtisodiy tizimdagi o‘rni.
Reja:
1. Moliya fanining maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan aloqasi
2. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
3. Moliya tizimi va uning tarkibi


1. Moliya fanining maqsadi, vazifasi va boshqa fanlar bilan aloqasi. Moliyaning vujudga kelish tarixi Aksariyat xollarda axolii urtasida va ayrim mutaxassislar xam «moliya» tushunchasini «pul» tushunchasi bilan aralashtirib yuboradilar. Xakikatda esa.bunday emas,ammo pulsiz moliyaning xam bulishi mumkin emas. Ushbu savolni xal etish uchun moliya kategoriyasining tarixiy rivojlanish boskichlarini yoritish kerak buladi.
Moliya tarixiy kategoriya sifatida davlatning funksiyalari va extiyojlari ortib borishi tasirida tovar-pul munosabatlari sharoitida yuzaga chikdi. «Moliya» tushunchasi lotincha «financia» suzidan olingan bulib, bitimlardan undiriladigan tulov, daromad manosini anglatadi. Ilk bor moliya tushunchasi XIII-XV asrlarda Italiyaning yirik savdo va bank xizmatlari markazi xisoblangan –Florensiya,Venetsiya va Genuyada muomalaga kirgan. Keyin ushbu tushuncha xalkaro kulamda keng ishlatila boshlanib, u davlat zimmasiga yuklatilgan siyosiy va iqtisodiy funksiyalarni bajarishi uchun mamlakat axolisi urtasida pul resurslarini jalb kilish bilan bog‘lik pul munosabatlpri tizimini uzida mujassamlashtira boshladi.
Moliya umumiqtisodiy kategoriya sifatida davlatning faoliyat kursatishi uchun moddiy asosni tashkil etadi. Moliya davlatga yuklatilgan siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirish,jamiyatda kengaytirilgan iщlab chikarishni taminlash uchun kerakli pul mablaglarini etkazib beradi. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda soliklar, tulovlar, bojlar, davlat kredtitni jamlagan moliya davlat uchun obektiv va zarur xususiyatga ega buladi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi moliyaning tarixiy kategoriya sifatida vujudga kelishiga bevosita tasir etgan omillardan xisoblanadi. Bu omillarni uziga xos xususiyatlari asosida guruxga ajratsak ular kuyidagilardan iborat buladi.
- jamiyatda mexnat taksimotining amalga oshirilishi va jamiyatni turli ijtimoiy guruxlarga bulinib ketishi:
- tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi vash u asosda ishlab chikarishning usishi xamda, yalpi ichki maxsulot xajminig kupayishi:
- jamiyatda kerakli pul mablaglarini yaratuvchi turli mulk shaklidagi mustakil faoliyat kursatuvchi xujalik subektlarining yuzaga kelishi:
- markazlashgan davlatning tashkil topishi:
Moliya munosabatlarida pulning mustakil xarakati natijasida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari tashkil topadi. Bu xolat esa moliyaning moddiy moxiyatini anglatadi. Lekin moliya pul munosabatlarini uzida aks ettirsada, jamiyatdagi barcha pul munosabatlari moliyaga tegishli bulmaydi. Biz kuyida moliya va pul munosabatlarini takkaslab, ular urtasidagi farklarni krsatishga xarakat kilamiz:
1.Pul jamiyatda umumiy ekvivalent rolini uynaydigan maxsus tovar xisoblanib, uning yordamida barcha xarajatlar xisobga olinadi. Moliya yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taksimlaydigan,kayta taksimlaydigan iktisodiy dastak bulib, u orkali pul mablaglari fondlarining tashkil etilishi xamda sarflanishi nazorat kilinadi:
2.Pul uziga xos beshta funksiyani :qiymat ulchovi, muomala vositasi,jamgarma vositasi, tulov vositasi va jaxon puli funksiyalarin bajaradi. Moliya bu funksiyalardan sifatan va mikdoran fark kiluvchi uziga xos funksiyalarni bajaradi. Biz keyin bu funksiyalarni tulik yoritamiz:
3.Pul moliyadan oldin paydo bulgan, moliya esa tarixiy kategoriya sifatidan puldan keyin paydo bulgan:
4.Pul moliyaga nisatan keng iktisodiy munosabatlarni uzida aks ettiradi. Moliya markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakillantirish bilan boglik nisbatan tor doiradagi iktisodiy munosabatlarni uzida aks ettiradi.
Shunday qilib, moliya pul munosabatlaridir, lekin jamiyatdagi barcha pul munosabatlari moliya munosabatlarini tashkil etmaydi. Pul munosabatlariga nisbatan moliya munosabatlarini ajratib turadigan kurinishlar mavjud. Moliya munosabatlari xukukiy asosga ega emas. Bunday jarayon ishtirokchilari mikdor va shartlarni uzaro kelishilgan xolda belgilaydi. Moliya ijtimoiy-iktisodiy moxiyatni ochish uchun unga kuyidagi tarifni berish mumkin. Moliya –davlat tomonidan tashkil etiladigan pul munosabatlarining yigindisini bulib,unda umumdavlat pul mablaglari fondlarini tashkil eti shva davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarish uchun taqsimlanish xamda sarflanish amalga oshiriladi.
Xulosa kilib aytish mumkinki, moliya xamisha pul munosabatlarini tashkil etib,ushbu munosabatda iщtirok etuvchi tomonlardan biri albatta markaziy davlat,maxalliy xokimiyat yoki uning vakolatiga ega biron bir organ bulishi shart.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin