1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul
mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda
ishlatilishining quyidagi
kо‘rinishlari mavjud:
-maqsadli
pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini
shakllantirish,
taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya
kapitali, moliya tizimi);
-biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki
davlat tasarrufidagi pul
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
Moliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya
quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1.Taqsimlash;
2.Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Nazorat uchun savollar
1.Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning
ahamiyatini tushuntirib
bering.
2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
3.Moliyaviy siyosatning asosiy yо‘nalishlari nimalardan iborat?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab о‘ting. “Moliya” sо‘zi lug‘aviy
ma’nosi nimani anglatadi?
A)“daromad” yoki “tо‘lov”
V) “tо‘lov” yoki “foyda”
S) “talab” yoki “taklif”
D) raqobat yoki foyda
Moliya sо‘zini ona tilimizda ishlatilishining qanday kо‘rinishlari mavjud?
A)“biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul
mablag‘lari
V) moliya ishlari bilan shug‘ulla-nuvchi davlat organi
S) maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan
paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui
D) pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi
Moliyaning qanday funksiyalari mavjud?
A) taqsimlash va
nazorat
V) pul fonndlarini shakllantirish va nazorat
S) nazorat
D) tartibga solish
Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarga shart-sharoit yaratib beradi?
A) “xо‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan
jamg‘arishni amalga oshirishga
V) xо‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga, shuningdek ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida
qayta
taqsimlashni sodir etishga
S) xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo,
hududlararo, qayta taqsimlashni
sodir etishga
D) barcha javoblar tо‘g‘ri
Xorijlik iqtisodchilarning qarashlariga kо‘ra moliyaning qanday funksiyalari
mavjud?
A) xо‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash
V) pul fondlarini shakllantirish
S) nazorat
D)
pul muomalasi qonuniyatlari
Moliya –bu?
A) “Milliy daromadni yaratish va undan foydalanishni bog‘lovchi bо‘g‘in
V) Pulli munosabatlarni ifodalaydi
S) Pulli munosabatarini tartibga soladi
D) Pul fondlarini ifodaeetib, mamlakatning moliyaviy resruslarini tashkil etadi
Markazlashtirilgan fondlar deb qanday fondlarga aytiladi?
A) xо‘jalik sub’ektlari darajasida
tuzilgan pul fondlari
V) davlat va maxalliy о‘z о‘zini boshqarish darajasida tuzilgan pul fondlari
S) barcha byudjetdan tashqari maqsadli fondlar
D) davlat maqsadli pul fondlari