1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliyani o‘rganishning zarurligi Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 287,84 Kb.
səhifə7/11
tarix02.06.2023
ölçüsü287,84 Kb.
#122053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Budjetdan tashqari fondlar - bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning budjetga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘laridir. Budjetdan tashqari fondlarning shakllanishi oddiy soliq to‘lovchi uchun soliqlardan hech qanday farq qilmaydigan majburiy maqsadli ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi. Budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar summasining asosiy qismi tannarx tarkibiga kiritiladi va ish haqi fondiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladi. Budjetdan tashqari fondlarning maqsadga muvofiq amal qilishi muhim ijtimoiy, iqtisodiy tadbirlarni moliyalashtirishni operativ amalga oshirish imkonini beradi. Davlat budjetidan farqli ravishda budjetdan tashqari fondlar mablag‘larining sarflanishi hokimiyat organlari tomonidan kamroq nazorat qilinadi. Bu, bir tomondan, ularning ishlatilishini yengillashtiradi, boshqa tomondan esa, bu mablag‘larni to‘la bo‘lmagan hajmda sarflash imkonini beradi. Shuning uchun budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari sarflanishi nazoratini kuchaytirish maqsadida budjetdan tashqari fondlarni ularning sarflanishi bosqichida maqsadli yo‘nalishni saqlagan holda davlat budjetiga konsolidatsiya qilindi (birlashtirildi).
Sug‘urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liqdir. Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning uzliksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud extiyojlarini qondirish uchun zarurdir. Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari ta’sirida to‘xtasa yoki buzulsa, u holda jamiyat, avvalo, turli oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi mamlakat yagona moliya tizimining asosi hisoblanadi. U ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni yaratish va taqsimlash jarayoniga xizmat ko‘rsatadi hamda markazlashgan pul fondlarini shakllantirishning bosh omili hisoblanadi.
Korxonalar moliyasining holatiga markazlashgan pul fondlarining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunda shuni alohida ta’kidlash lozimki, korxonalar moliyasidan mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayonida faol foydalanish bu jarayonda budjet, bank krediti hamda sug‘urtaning ishtirokini rad etmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik-operativ va moliyaviy mustaqillik asosida korxonalar o‘z faoliyatlarini albatta foyda olish maqsadida tijorat asosida amalga oshiradilar. Ular mustaqil ravishda mahsulot realizatsiyasi tushumini taqsimlaydilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi fondlarni shakllantiradilar va sarflaydilar, kredit resurslari va fond bozori resurslaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur mablag‘larni topadilar. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi korxonalar mustaqilligining kengayishini, arzimas davlat aralashuvini bartaraf qilishning va shu bilan birga ishning haqiqiy natijasi uchun javobgarlik xissining oshirilishini ta’minlaydi. Budjet munosabatlari deb respublika va mahalliy davlat organlarining xo‘jalik subyektlari, shuningdek aholi bilan markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlarga aytiladi. Budjet moliya resurslarini kerakli soha va yo‘nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Bunda budjet resurslarining daromad qismi bo‘yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi.
Taqsimlash va nazorat funksiyalari orqali budjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yo‘l bilan budjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi. Budjet ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etuvchi qudratli iqtisodiy dastak sifatida yuzaga chiqadi. Davlat moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan moliya tizimining muhim bo‘g‘inidir. Sanab o‘talgan turli xildagi funksional vazifalarni bajaradigan bo‘g‘inlar bo‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoqli va hududiy muammolarining yechimlari keng miqyosda ta’sir ko‘rsatadi.




Yüklə 287,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin