1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliyani o‘rganishning zarurligi Fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 287,84 Kb.
səhifə5/11
tarix02.06.2023
ölçüsü287,84 Kb.
#122053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yagona tizim - o‘zaro uzviy aloqador va chambarchas bog‘liq qismlar (predmet, jarayon, voqealar) ning bir butun sifatida harakatlanishi, mavjud bo‘lishidir. Tizimning muhim jihati - tarkibiy xususiyatning borligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi. Tizimning mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi, siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjud ekanligini chuqur tushunish va ular o‘rtasidagi munosabatlarning uzviy bog‘liqligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir. Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimini ikkiyoqlama tushunish mumkin, ya’ni bir tomondan moliya munosabatlarining yig‘indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining yig‘indisi sifatida.
Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o‘rganishda uni moliya munosabatlari yig‘indisi ekanligi nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshamiz. Tabiati bo‘yicha moliyaviy munosabatlar taqsimlovchi hisoblanadilar, shu bilan birga qiymatni taqsimlash, avvalo, subyektlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Subyektlar ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, maqsadli pul fondlarini shakllantiradilar. Aynan subyektning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli moliyaviy munosabatlarni turkumlashning birlamchi obyektiv belgisi hisoblanadi. Bunga asosan moliyaviy munosabatlarning yig‘indisida uchta yirik sohalar ajratilishi mumkin:
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi;
sug‘urta;
davlat moliyasi.
Har bir sanab o‘tilgan soha ichida bo‘g‘inlar ajraladi, shu bilan birga moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul fondlarini tarkibi va yo‘nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Mazkur belgi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar moliyasi, notijorat faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi, jamoat birlashmalari moliyasi kabi bo‘g‘inlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Sug‘urta sohasida, qaysiki u yerda subyekt faoliyatining xarakteri sug‘urta obyektining xususiyatini belgilab beruvchi, bo‘g‘inlar sifatida ijtimoiy sug‘urta, shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta, javobgarlik sug‘urtasi, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi hisoblandi. Davlat moliyasi sohasida – davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti hisoblanadi.

Yüklə 287,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin