1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo (1)
Sof defitsit – o’z tarkibiga ko’ra byudjet investisiyalaridan tashqari bo’lgan davlat byudjeti xarajatlaridan iborat.
Umumiy defitsit – nafaqat to’g’ri byudjet investisiyalari balki joriy byudjet yilida qaytariladigan va hukumat tomonidan kafolatlangan, kredit hisobidan amalga oshiriladigan investisiyalardan ham iboratdir.
Fikrimizcha, umumiy defitsit byudjet defitsitining real hajmini to’liqroq ifoda etadi. Chunki bunda hukumat kafolatlangan kreditlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati uchun ikkinchi metadologiyaning katta ahamiyatga ega ekanligiga asosiy sabab shundaki hozirgi kunga qadar mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan kreditlarning 80 %dan ortiq qismi respublika hukumatiningi kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak ulardan foydalanishda nazoratni kuchaytirish davlat byudjet defitsiti oshishining oldini oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning zarurligi yirik investision xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga mansub korxonalarning xorijiy investisiyalarni va investision kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan sharoitda, davlat bosh islohotchi sifatida xorijiy investisiyalar va kreditlarni jalb qilish muammosining chuqurlashuviga yo’l quymaydi. Bu esa o’z navbatida mamlakatimiz hukumatining xorijiy valyutadagi majburiyatlarining ko’payishiga olib keldi.
Demak, byudjet defitsitining iqtisodiyotni muvozanatlashtirishdagi roliga baho berishda har bir mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim. Byudjet defitsitining o’sishi natijasida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarida qanday ijobiy o’zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim. Masalan, davlat byudjet defitsitining yuqori darajada o’sishi davlat investisiya xarajatlarining o’sishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun iqtisodiy o’sish suratidagi soliq tushumlaridagi o’zgarishlarni va ishsizlik darajasini baholash lozim, chunki investision xarajatlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda investisiya xarajatlarini samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga nisbatan salbiy ta’sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlat mablag’lari hisobiga moliyalashtirilgan investision loyihalarning o’zini oqlamasligi qilingan xarajatlarni tuliq kapitalga aylanishiga, hukumat to’lovlarining oshib ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet defitsitini qoplash muammosi yanada chuqurlashadi va ko’pchilik hollarda hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan foydalanishga majbur bo’ladi. Bunda byudjet defitsitining oshishi hisobiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga erishilsa, u holda byudjet defitsiti faol shaklga ega bo’ladi.