1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


-rasm. Moliya tizimining tuzilishi



Yüklə 376,92 Kb.
səhifə14/94
tarix30.06.2023
ölçüsü376,92 Kb.
#135562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo (1)

1-rasm. Moliya tizimining tuzilishi

Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi.


Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o’ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin bo’ladi.
Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat kreditini qo’llash bilan shakllantirishga ta’sir o’tkazadi.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
2. Moliya tizimi boginlari


Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli» yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida ko’rib o’tish mumkin. Masalan, Taniqli amerikalik mutaxassis J.Van Xorn moliya tizimiga - davlat, firmalar va fuqarolarga turli xil xizmatlar ko’rsatuvchi moliyaviy muassasalar va bozorlarning majmuasi – degan ta’rifni beradi. L.Drobozinaning fikricha «Moliya tizimi - pul mablag’lari fondini tashkil qilish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini majmuasidan iborat»-degan ta’rifni beradi. G.Polyakning fikricha moliya tizimi - davlat, xo’jalik subyektlari va uy xo’jaliklarining pul mablag’lari fondini turli xil usullari va shakllarda taqsimlash jarayonidagi turli moliyaviy munosabatlar majmuasi-deb talqin qilinadi. Taniqli iqtisodchi V.Kovaleva esa moliya tizimiga ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining subyektlari o’rtasida jami ijtimoiy mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha pul munosabatlarni tashkil qilish shakli sifatida qarash lozimligini ta’kidlaydi.
Yuqoridagi moliya tizimi bo’yicha keltirilgan ta’riflarda mantiiqiy yahlitlik mavjud bo’lib, ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlanish jarayonida hosil bo’ladigan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoni moliya tizimining markaziy mazmunini tashkil qilishi ta’kidlanadi.
Demak, moliya tizimi – moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy subyektlarning daromadlarini shakllanish usullariga bog’liq ravishda moliya tizimini markazlashtirilgan moliya (umumdavlat moliyasi) va markazlashtirilmagan moliya (xo’jalik subyektlari va uy xo’jaliklari moliyasi) kabi asosiy turlarga ajratish mumkin.
Moliya tizimi pul munosabatlari tizimini tashkil qilish shakli sifatida moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishni ta’minlovchi 3 asosiy o’zaro bog’liq tizimlarga bo’linadi: Davlat va mahalliy boshqaruv organlarining moliyasi, turli mulkchilik va faoliyat bilan shug’ullanuvchi xo’jalik subyektlari moliyasi, uy xo’jaliklari moliyasi(xonadon moliyasi).
Yahlit moliya tizimini tashkil qiluvchi mazkur tizimlar ham iqtisodiy subyektlarning aniq pul mablag’lari fondini tashkil qilinishiga qarab o’z navbatida alohida bo’g’inlarga ajratiladi.



Yüklə 376,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin