1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 376,92 Kb.
səhifə29/94
tarix30.06.2023
ölçüsü376,92 Kb.
#135562
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo (1)

2. Moliyaviy bashoratlash

Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo’lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko’ra bilish va moliyaviy rejalarning ko’rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:



  • o’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;

  • uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.

Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha subyektlari oldida turgan iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli senariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo’llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda moliyaviy reja ko’rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish);

  • korrelyasion – regression tahlil;

  • bevosita ekspertli baholash metodi.

Shu asoslar aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli – maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bo’lishini ko’zda tutadi:

  • yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (o’rnatish);

  • davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;

  • muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to’xtatish.

Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog’liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial yo’qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhim metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o’tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o’zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko’rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o’zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko’rsatkichlar besh yillik shkala bo’yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) ko’chiriladi. Oldinda turgan birinchi yilning reja ko’rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to’rt yillik ko’rsatkichlar esa mo’ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo’yicha balanslilikka yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo’jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo’lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish, investision va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;

  • pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish;

  • kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;

  • kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish;

  • korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish.

Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko’rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang’ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning informasion asosi bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlarning obyektiv ravishda o’zaro bog’liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek, kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.



Yüklə 376,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin