1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Ishlab chiqarishning moddiy asosi



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə37/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Ishlab chiqarishning moddiy asosi – bu ishlab chiqarish fondlaridir. Ularni olish, yangilash va kengaytirish uchun korxona zarur bo’lgan moliyaviy resurslarga ega bo’lishi va maqsadli pul fondlarini tashkil etishi kerak. Maqsadli pul fondlari ishlab chiqarish fondlarini aylanishida xizmat qiladi va ularni uzluksizligini ta’minlaydi. Bu holat, ishlab chiqarish fondlarini tashkil etish, doim to’ldirish va ko’paytirish jarayonlarini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan qiymat sotilgandan so’ng taqsimlanadi. Shu taqsimlanish jarayonida ish haqi fondini tashkil etish, sof daromadni taqsimlash va sarflash uchun moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Sof daromad faqatgina moddiy ishlab chiqarishda emas, balki nomoddiy ishlab chiqarishda ham bir nechta pul fondlarini tashkil etilishida manba bo’lib, taqsimlanish jarayonida moliyaviy munosabatlarning murakkab birikmalarini vujudga keltiradi.
Foyda shaklini olgan sof daromad hisobiga, moddiy ishlab chiqarish sohalarida, ishlab chiqarishni kengaytirish, uni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish fondi, ishchi-xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun belgilangan iste’mol fondi, zahira va rezerv fondi tashkil etiladi. Sof daromad umumdavlat pul fondlarini (byudjet, Pensiya fondi va boshqalar) tashkil etilishida, soliq to’lovlari va boshqa shakllarda manba bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, moddiy ishlab chiqarishda tashkil etilgan moliyaviy resurslar xalq xo’jaligini boshqa bo’g’inlarida pul fondlarini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bu esa, butun davlatni moliyaviy tizimini boshlang’ich asosi bo’lib xizmat qiladi va moddiy ishlab chiqarish moliyasining xususiyatini ifodalaydi. Turli xil ehtiyojlarni qondirish imkoniyati, mamlakatning umumiy moliyaviy holati aynan moddiy ishlab chiqarish moliyasining holatiga bog’liqdir.
Moliya, shuningdek ayirboshlash va iste’molga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Bu maqsadli pul fondlari orqali amalga oshiriladi. Ularning miqdori, tashkil etish shartlari va tartibi, foydalanish tamoyillari ayirboshlash va iste’mol sohalarini talablarini hisobga olgan holda o’zgaradi. Bu xususiyat, iqtisodiy rag’batlantirish sifatida, moliya bilan foydalanish jarayonida obyektiv asos bo’lib, katta ahamiyatga ega.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi noishlab chiqarish sohasini vujudga kelishiga imkon yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi xalq xo’jaligining asosiy sohasi bo’lib, qiymat, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni vujudga keltiradi. Noishlab chiqarish sohasi esa, shu vujudga kelgan daromadni taqsimlanishida ishtirok etadi.
2. Tijorat faoliyati bilan shugullanuvchi korxonalar moliyasi
Tijorat asosida ishlaydigan korxonalarning moliyaviy manbalari manbalari quyidagilar:

  • amortizatsiya ajratmalari va ish haqi bo'yicha qarzlar, kelgusidagi to'lovlar uchun zaxiralarni shakllantirish, byudjetga va byudjetdan tashqari jamg'armalarga ajratilgan daromadlar hisobidan shakllanadigan o'z mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy manbalar;

  • moliya bozorlariga jalb qilingan korxonalarning moliyaviy resurslari, ya'ni o'z aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlarni sotish va kredit qo'yilmalari orqali;

  • Qayta taqsimlash tartibida olingan va yuzaga kelgan tavakkalchiliklar uchun sug'urta qoplamasi hisobidan, kontsernlar va birlashmalardan olingan moliyaviy mablag'lar hisobidan shakllantirilgan moliyaviy mablag'lar (qimmatli qog'ozlar bo'yicha dividendlar va foizlar, byudjet subsidiyalari).

Tijorat asosida ishlaydigan korxonalarning moliyaviy resurslaridan foydalanish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

  • bank tizimiga to'lovlar;

  • sug'urta organlariga to'lovlar;

  • o'z korxonasiga kapital qo'yilmalarni kiritish, asosiy vositalarni yangilash, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar, ilg'or texnologlar, nou-xau;

  • qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish;

  • rag'batlantiruvchi va ijtimoiy tusdagi pul mablag'larini shakllantirish;

  • xayriya homiylik maqsadlari.

Asosiy va aylanma mablag'larning aylanishida moliyaviy resurslar katta rol o'ynaydi.
Asosiy vositalar - bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlari uchun asosiy vositalarga kiritilgan pul mablag'lari.
Asosiy vositalar o'z qiymatini amortizatsiya ko'rinishida tayyor mahsulotga o'tkazadi, foydalanilmagan qismi esa qoldiq qiymatini anglatadi.
Amortizatsiya fondi byudjet mablag'lari bilan birgalikda kapital qo'yilmalar uchun ishlatiladi. Qayta tiklanadigan ishlab chiqarish fondlari va aylanma fondlardagi pul mablag'lari korxonaning joriy aktivlarini o'z ichiga oladi. Ular o'zlarining qiymatlarini bitta ishlab chiqarish tsiklida to'liq tayyor mahsulotga o'tkazadilar. Ta'lim printsipiga ko'ra, joriy aktivlar normallashtirilgan va standartlashtirilmagan. Yaratish manbalariga ko'ra, joriy aktivlar o'zlariga va qarzga bo'linganlarga bo'linadi.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi, uning to'lov qobiliyati va likvidligi aylanma mablag'larning mavjudligiga, o'z mablag'lari va qarz manbalari holatiga bog'liq.
Yuridik shaxs – o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki nomulkiy huquqlarga ega bo’lgan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin bo’lgan korxonadir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik Kodeksiga muvofiq, foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan korxona (tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi bo’lmagan korxona) yuridik shaxs bo’lishi mumkin.
Tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona xo’jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona yoki qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Notijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, korxonalar moliyasini tijorat korxonalari moliyasi va notijorat korxonalar moliyasiga ajratish mumkin. Ushbu xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning shakli, daromadlar va xarajatlarni shakllantirishi, mulkka egalik qilishi, majburiyatlarni bajarishi, soliqqa tortilishi bilan bog’liq holda o’zining xususiyatlariga ega bo’ladilar.
Tijorat korxonalari moliyasi, moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar.
Jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi foyda olishga qaritiladi.
Tijorat korxonalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish davomida ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot realizatsiyasi, xizmatlar ko’rsatish va ishlarni bajarish, o’z moliyaviy resurslarini shakllantirish va moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb qilish, ularni taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq bo’lgan ma’lum moliyaviy munosabatlarni yuzaga keltirishadi. Moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi pul hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar – pul munosabatlarining bir qismi va faqatgina pul mablag’larining real harakatida yuzaga keladi, xususiy kapitalni, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi va ishlatilishi bilan kuzatiladi.
Tijorat korxonalari moliyasi – bu xususiy kapitalni, maqsadli pul fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi tadbirkorlik faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan pul munosabatlaridir. Tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarda moliyaning taqsimlash funksiyasi ta’sischilarning qo’yilmalari hisobiga birlamchi kapitalni shakllantirish, ularni ishlab chiqarishga avanslashtirish, kapitalni takror ishlab chiqarish, daromadlar va moliyaviy resurslarni taqsimlanishida alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning, xo’jalik subyektlarining va to’laligicha davlat manfaatlarini optimal hisobga olinishini aks ettiradi. Taqsimlash funksiyasi tijorat faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalarning pul fondlarini daromadlar taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi orqali shakllanishiga bog’liqdir. Bularga ustav kapitali yoki ustav fondi, zahira fondi, qo’shimcha kapital, jamg’arish fondi, iste’mol fondi, valyuta fondi kiradi.
Tijorat korxonalarida moliyaning nazorat funksiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish xarajatlarini qiymat hisobi, daromadlar va pul fondlarini shakllanish jarayonini aks ettiradi. Moliya, taqsimlash munosabatlari sifatida, takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlaydi va bu bilan takror ishlab chiqarish jarayonining ishlab chiqarish, ayirboshlash, iste’mol bosqichlarini umumlashtiradi. Biroq, daromadlarni mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonida yaratilgan va ularni sotishdan so’ng olinganidan ortiq taqsimlash va ishlatishning imkoniyati bo’lmaydi. Tijorat korxonasining raqobatbardoshligi uning moliyaviy barqarorligi ishlab chiqarishning samaradorligiga, xarajatlarning qisqartirilishiga va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishligiga bog’liq.
Tijorat korxonalari xo’jalik faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasi moliyaviy resurslarni boshqarishda qo’llanilayotgan shakl va usullarning samarali ekanligidan dalolat bersa, aksincha, salbiy natija yoki uning yo’qligi moliyaviy resurslarni boshqarishdagi, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklardan va korxonani bankrot bo’lish ehtimolidan dalolat beradi.
Tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarining moliyaviy munosabatlari xo’jalik faoliyatining mustaqilligi, o’zini-o’zi moliyalashtirish, moddiy manfaatdorlik, moddiy javobgarlik, moliyaviy zahiralar bilan ta’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi.
Xo’jalik faoliyatining mustaqilligi tamoyili – tijorat korxonalarining moliya sohasidagi mustaqilligisiz amalga oshirilishi mumkin emasligini anglatadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, iqtisodiy faoliyat sohasini, moliyalashtirish manbalarini, foyda olish maqsadida pul mablag’larini joylashtirish yo’nalishlarini mustaqil belgilaydilar. Bozor tijorat korxonalarining kapital jalb qilishning yangi sohalarini izlab topishini, iste’mol ehtiyojiga moslashuvchan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni rag’batlantiradi. Tijorat korxonalari qo’shimcha foyda olish maqsadida boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllanishda ishtirok etib, ularning, davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish shaklidagi qisqa muddatli va uzoq muddatli investisiyalar xarakteridagi investisiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Biroq, to’la xo’jalik mustaqilligi to’g’risida gapirish mumkin emas, chunki davlat ular faoliyatini ma’lum darajada tartibga solib turadi. Demak, tijorat korxonalari turli darajadagi byudjetlar bilan o’zaro aloqalari qonunchilik asosida o’rnatiladi. Mulkchilikning barcha shaklidagi tijorat korxonalari o’rnatilgan tartibida tegishli soliqlarni to’laydilar, byudjetdan tashqari fondlarni shakllanishida ishtirok etadilar.
O’zini-o’zi moliyalashtirish tamoyili – bu xo’jalik yurituvchi subyektning raqobatbardoshligini ta’minlovchi tadbirkorlik faoliyatini asosiy shartlaridan biri.
O’zini-o’zi moliyalashtirish mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish xarajatlarini to’laligicha o’zi qoplashi, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun investisiyalarni o’ziningi pul mablag’lari va zarurat bo’lganda bank va tijorat kreditlari hisobiga amalga oshirilishi tushuniladi.
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarning o’zini-o’zi moliyalashtirish darajasi yuqori bo’lgan korxonalarining xususiy kapitali 70% va undan ko’pni tashkil qiladi.
Tijorat korxonalari va korxonalarini moliyalashtirishning asosiy o’z manbalariga quyidagilar kiradi: amortizasiya (eskirish) ajratmalari, foyda, ta’mirlash fondlariga ajratmalar. Hozirgi kunda barcha tijorat korxonalari va korxonalari bu tamoyilga rioya qilish imkoniga ega emaslar. Qator soha korxonalari, iste’molchi uchun zarur bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan, obyektiv sabablarga ko’ra ularning rentabelligini ta’minlay olmaydilar. Ularga shahar yo’lovchi transporti, uy-joy kommunal xo’jaligi, qishloq xo’jaligining alohida korxonalari kiradi. Bunday korxonalar imkoniyat darajasida qaytarish va qaytarmaslik asosidagi byudjetdan qo’shimcha moliyalashtirish ko’rinishidagi davlat yordamini oladilar.
Moddiy manfaatdorlik tamoyili. Bu tamoyilnnig obyektiv zarurligi tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi – foyda olish bilan asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining natijalaridan manfaatdorlik nafaqat uning ishtirokchilarida, balki to’laligicha davlatda ham namoyon bo’ladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi korxonaning alohida xodimlariga yuqori darajada mehnatga haq to’lash bilan ta’minlanishi mumkin. Korxona uchun bu tamoyil davlat tomonidan optimal soliq siyosatini, iqtisodiy asoslangan amortizasiya siyosatini olib borilishi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratilishi natijasida amalga oshishi mumkin. Korxonaning o’zi bu tamoyilning amalga oshishiga yangitdan yaratilgan qiymatni taqsimlashda, iste’mol fondi va jamg’arma fondini shakllantirilishida iqtisodiy asoslangan mutanosibliklarga rioya qilish bilan yordam berishi mumkin. Davlatning manfaatlari korxonalarning rentabelli faoliyati bilan, ishlab chiqarishning o’sishi va soliq intizomiga rioya qilinishi bilan ta’minlanishi mumkin.
Moddiy javobgarlik tamoyili moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritish va uning natijalari uchun ma’lum javobgarliklar tizimining mavjudligini bildiradi. Bu tamoyilni amalga oshirishning moliyaviy usullari turli xildir va qonunchilik bilan tartibga solinadi. Shartnomaviy majburiyatlarni, hisob-kitob intizomini, olingan kreditlarni qaytarish muddatlarini, soliq qonunchiligi va shu kabilarni buzgan korxonalar penya va jarimalar to’laydilar. Rentabelli bo’lmagan, o’zining majburiyatlari bo’yicha javob bera olmaydigan korxonalarga bankrotlik tadbirlari qo’llanilishi mumkin.
Korxonalarning rahbarlari soliq qonunchiligini buzilishi yuzasidan ma’muriy javobgarlikka egadirlar. Korxonalar va korxonalarning alohida xodimlariga bankrotlikka yo’l qo’yganligi uchun jarimalar tizimi, mukofotlardan mahrum qilish, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatish choralari qo’llaniladi.
Moliyaviy zahiralar bilan ta’minlash tamoyili biznesga qo’yilgan mablag’larni qaytmaslik havfini mavjudligi bilan asoslanuvchi tadbirkorlik faoliyatining shartlari bilan xarakterlanadi. Bozor munosabatlari sharoitida tavakkalchilikning oqibatlari tadbirkorning o’ziga yuklanadi, chunki u o’zi ishlab chiqqan dasturini o’zining tavakkalchiligi asosida ixtiyoriy va mustaqil amalga oshiradi. Bundan tashqari, xaridorlar uchun iqtisodiy kurashda tadbirkorlar o’zining mahsulotlarini pullarini o’z vaqtida qaytmaslik tavakkalchilik bilan ham sotishga majbur bo’ladilar. Korxonalarning moliyaviy qo’yilmalari ham qo’yilgan mablag’larni o’z vaqtida qaytmaslik yoki ko’zlangandan oz daromad olish tavakkalchiligi bilan ham bog’liqdir. Nihoyat, ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqishda bevosita iqtisodiy hatoliklarga ham yo’l qo’yilishi mumkin. Mazkur tamoyilning amalga oshishi xo’jalik yuritishning noqulay davrlarida korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlash imkoni beruvchi moliyaviy zahiralarni va turdagi fondlarni shakllantirish hisoblanadi.
Tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar tomonidan moliyaviy zahiralar byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng qoladigan sof foydadan shakllantiriladi. Biroq, amaliyotda, moliyaviy imkoniyatlarining sustligi sababli, ularning moliyaviy barqarorligi uchun zaruriy moliyaviy zahiralarni shakllantira olmaydilar.

3. Notijorat faoliyat bilan shugullanuvchi korxonalar moliyasi





Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin