1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə53/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

10-MAVZU: DAVLAT MOLIYASI
Reja:
1. Davlat moliyasi.
2. Davlat daromadlari.
3. Davlat xarajatlari.
4. Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati.
5. Davlat kreditining shakllari va tasniflanishi.
6. Davlat qarzlarini boshqarish.


Kalit sozlar: davlat moliyasi, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti, davlat korxonalari moliyasi, davlat qarzi.
Mashgulotning maqsadi: davlat moliyasining mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi davlat daromadlari va xarajatlarini yoritish. Davlat krediti funksiyalari va davlat qarzlarini boshqarish.
Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.
1. Davlat moliyasi

Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo’lishi bilan bir qatorda u davlatni o’z oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar bilan ham ta’minlab turadi.


Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati – bu yalpi ichki mahsulotning qiymatini va milliy daromadning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida davlat va davlat korxonalari ixtiyorida markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bir qatorda jamiyatning o’sib borayotgan ijtimoiy, madaniy tadbirlarida foydalanishdagi pul munosabatlari yig’indisidir. Mazkur sohadagi pul munosabatlarining subyektlari bo’lib davlat, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va keng aholi qatlami hisoblanadi.
Davlat moliyasining iqtisodiy tuzilishi tom ma’noda bir xil emas, u bir-biriga bog’liq bo’lgan bo’g’inlardan tashkil topsada, lekin bajarayotgan funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladigan bo’g’inlar yig’indisidan iboratdir.
Davlat moliyasi sohasining bo’g’inlariga davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti va davlat korxonalari moliyalari kiradi.
Respublikamizda davlat byudjetining tuzilishi ikki bo’g’inlidir – bu Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar yig’indisidan iborat. Respublika byudjetidan asosan jamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan chora-tadbirlar moliyalashtiriladi, jumladan, markazlashtirilgan investisiyalar, mudofaa xarajatlari, boshqaruv xarajatlari. Respublika byudjetidan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy–ijtimoiy masalalar ijobiy hal qilinishiga qaratilgan.
Bozor iqtisodiyoti byudjet munosabatlarida mahalliy byudjetlarga asosiy urg’u berilishini talab etadi. So’nggi paytlarda mahalliy hokimiyat organlarining ko’pgina sohalardagi mustaqilligi asosan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim chora-tadbirlarning o’z vaqtida to’liq moliyalashtirilishini jadallashtiradi. Jumladan, hududiy infratuzilmani tashkil qilishda, mehnat resurslarining qayta tiklash, aholining mehnat farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tadbirlar va hakozolar. Davlat moliyasi sohasining tarkibiy qismidan biri bu byudjetdan tashqari fondlardir.
Har bir darajadagi byudjetdan tashqari fondning asosiy maqsadi – bu ayrim maqsadli chora-tadbirlarni maxsus ajratmalar va boshqa manbalari evaziga moliyalashtirishdir.
Byudjetdan tashqari fondlar funksional maqsadlarini vazifalari kabi boshqarish darajasida ham xilma-xildir. Funksional maqsadlari bo’yicha ularni iqtisodiy yoki ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan fondlarga ajratish mumkin. Boshqarish darajasi bo’yicha esa, byudjetdan tashqari fondlarni davlat va mahalliy ahamiyati bo’yicha ajratish mumkin.
Byudjetdan tashqari fondlar respublika va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqarilsada, o’ziga xos moliyaviy siyosatga va mustaqillikka egadirlar. Byudjetdan tashqari fondlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular oldindan ma’lum bir maqsadga yo’naltiriladi va faqat shu yo’nalishlarda foydalaniladi. Byudjetdan tashqari fondlar tarkibiga: davlat Pensiya fondi, davlat aholisini bandligiga ko’maklashish fondi, davlat yo’l fondi va boshqa fondlar kiradi.
Davlat moliyasining xarakterli bo’lagidan biri bu davlat kreditidir. Davlat kreditining mazmuni shundaki, bu davlat o’z xarajatlarini moliyalashtirish uchun aholining, xo’jalik subyektlarining ortiqcha moliyaviy resurslarini vaqtincha foydalanishidir. Demak, bu yerda davlat qarz bermasdan, balki qarz olishidir. Davlat kreditidan foydalanish uchun hukumat moliyaviy bozorga jismoniy va yuridik shaxslarga mo’ljallangan zayomlar, qisqa muddatli obligatsiyalar, g’aznachilik majburiyatlari va boshqa turdagi davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqaradilar. Mamlakat hayotida davlat krediti iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy sog’lomlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Muomaladan pul oqimini sustlashishini oldini olishga xizmat qiladigan davlat krediti pul muomalasidagi aylanishini tezlashtiradi.
Davlat moliyasi tarkibida respublika va mahalliy darajada tashkil etilayotgan byudjetni o’zaro bog’liqliklari muhim ahamiyatga ega. Byudjet munosabatlari yordamida davlat tuzimlari ixtiyorida moliyaviy usullari bilan qayta taqsimlanayotgan milliy daromadni asosiy qismi yig’iladi. Turli darajadagi byudjetlar – respublika, mahalliy har biri o’ziga tegishli ravishda respublika va mahalliy hukumat boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy bazasidir. Bozor islohotlari sharoitida bu byudjetlar o’zaro bog’langan. Byudjet daromadlar va xarajatlar tarkibidagi har bir darajasini belgilanishi respublika va mahalliy davlat hukumat boshqaruv organlarining orasidagi funksiyalarini bir-biridan chegaralanishiga bog’liq.
Davlat umumiy funksiyalarini amalga oshirish uchun respublika byudjetini tashkil etadi. Respublika byudjeti butun respublika miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni to’g’ri hal etishda muhim ahamiyatga ega. Uning resurslarini maqsadi makroiqtisodiy darajada o’z funksiyalarini bajarish uchun bog’liq bo’lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir, hamda uni yordamida iqtisodiyotni barqarorlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan umumdavlat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Byudjet munosabatlari tizimida mahalliy byudjetlarga muhim ahamiyat berilmoqda. Ular, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, hududiy infratuzilmani tashkil etishda, mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun moliyalashtirishda va boshqalarda ta’sirini ko’rsatib, borgan sari ko’proq ishlatilmoqda. Ijtimoiy rejalarni amalga oshirishda va o’sib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ham mahalliy byudjetlar muhim ahamiyatga ega.
Umumdavlat moliyasi korxona moliyasi bilan uzviy ravishda bog’langan. Bir tomondan moddiy ishlab chiqarish natijasida vujudga kelayotgan milliy daromad byudjet daromadlarining asosiy manbaidir. Ikkinchi tomondan, keng takror ishlab chiqarish tashkil topilishida faqat korxonalarni o’z mablag’laridan emas, balki umumdavlat pul mablag’larining fondlari, byudjetdan ajratmalar shaklida va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshiriladi. O’z mablag’lari yetishmaganda, korxona boshqa korxonalarning mablag’lari bilan aksionerlik asosida hamda qimmatli qog‘ozlar (zayom mablag’lari) bilan operatsiyalar bazasida foydalanishi mumkin.

Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin