1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə86/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

13-MAVZU: UY XOJALIKLARI MOLIYASI
Reja:
1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xojaliklari moliyasi va uning tarifi.
2. Uy xojaliklari moliyasining davlat moliya tizimida tutgan orni va uning moliyaviy axamiyati.


Kalit sozlar: iste’mol, pirovard, jamiyat va qarindoshlik.
Mashgulotning maqsadi: Iqtisodiy ma’noda uy xo’jaliklari deganda qarindoshlik munosabatlari bilan bog’langan va oilaviy iste’mol uchun birgalikda xo’jalik yuritadigan shaxslar guruhi jarayonini yoritib berish.
Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.


1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xojaliklari moliyasi va uning tarifi

Uy-xo’jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o’ynaydi.


Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to’plamidan) iborat bo’lgan institusional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy halqaro andozasi (standarti) uy xo’jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman o’tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)9.
Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o’tmoq lozim. Masalan, o’zlarining o’g’illariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:

  • birgalikda (bir joyda) yashash;

  • umumiy byudjetning mavjudligi;

  • iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.

Uy xo’jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo’jaliklari moliyasi deyiladi .



Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin