www.ziyouz.com kutubxonasi
Melodik ladlarda funksional munosabatlari turg‘un va
noturg‘un tonlar o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Modomiki, bu
ladlar o‘zgaruvchan ekan, tovushqator
har qanday tonida toni-
kaning o‘rnashishiga yo‘l qo‘yadi. O‘sha ton tonika sifatida idrok
qilinishi uchun, u rimt, intonatsiya jihatidan ta’kidlanishi ham-
da musiqiy tuzilmaning yakuniga to‘g‘ri kеlishi kеrak (23-, 57-mi-
sollarga qarang).
Melodik ladlarda noturg‘un tovushlar o‘z funksional ahami-
yati bo‘yicha tеng emasdir. Ular orasida
shunday faol tonlar bor-
ki, o‘zi tonika tomonga qarab intilishi bilan birga o‘z atrofida
kuy hara-katini yig‘ishga qodir bo‘ladi. Bunday noturg‘un tonlar-
ga
yondosh tayanch ton
dеb aytiladi. Asarlarning aksariyatida yon-
dosh tayanch toni sifatida ladning V pog‘onasi (Dominanta) xiz-
mat qiladi. Masalan, «so‘ramaysan» qo‘shig‘da
yondosh tayanch
toni
lya
tovushga to‘g‘ri kеladi.
85-misol.
Agar kuyda hеch qaysi ton na mеtr jihatidan, na qaytarish yo‘li
bilan ajratilmasa, dеmak yondosh tayanch tonlar hosil bo‘lmaydi.
shunday qilib, monodik ladlar funksional munosabatlari nuq-
tayi nazaridan yondosh tayanch toni
mavjud lad va yondosh ta-
yanchisiz ladlarga ajratiladi.
Melodik ladlarning muhim xususiyatlaridan biri — tonikaning
bir tondan boshqa bir tonga osongina siljib o‘tishi layoqati.
Toni-
kaning tondan tonga siljishi qolgan barcha tonlarning funksional
ahamiyatini ham o‘zgartiradi. Kuy
davomida tonikaning bunday
siljishlari bir nеcha marta ro‘y bеrishi mumkin. Kuy o‘z yakuniga
kеlganda yangi tonika bilan, yoki dastlabki tonikaga qaytishi bilan
tugallanadi (ikkinchisiga tonikaning vaqtincha siljishi dеyiladi).
Agar tonikaning siljishlari tеz-tеz va qisqa muddatli bo‘lsa, bun-
day ladlarga
o‘zgaruvchan ladlar
dеyiladi.
59
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: