1-mavzu. Oila psixologiyasi fan sifatida
Reja
1. Oila psixologiyasining psixologik bilimlar tizimida tutgan o‘rni.
2. Oila psixologiyasi faning predmeti, maqsadi va vazifalari
3. Oila psixologiyasining tadqiqot metodlari
4. Shaxs rivojlanishida oilaning roli.
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy
poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko‘rish orqali
aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer
yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab
shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming
yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi
ravnag‘ini ta’minlovchi tarbiya maskanidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon
bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik,
insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida
uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi
ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi
tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-
axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini
ko‘rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori
dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi.
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar
madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini
ko‘rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy
manbalarda, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk
mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos oilaviy
shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan odob-axloq qoidalari, meyorlari,
insoniy fazilatlar ifodasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo‘lmaslik, barkamol farzand
tarbiyasi, undagi er-xotin va o‘zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon
turmush kechirish yo‘llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar
ko‘rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi
tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning
ilg‘or vakillari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va
farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror
soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila
sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi.
Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik
hukm suradi. Ko‘rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot
yo‘nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda
"Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila
kodeksi" qabul qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini
saqlash uchun qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi.
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib
borayotganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo‘shma
shtatlari, Angliya, Fransiya, Germaniya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa
qator davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda o‘zbek oilalari hayotida oila-nikoh
munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan
davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo‘lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila
a’zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat
va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi
va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va
etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o‘rganishni taqozo etadi.
O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni
o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu
ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,
o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi
muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har
tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan. Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila
barqarorligiga
shaxslararo
munosabatlar
ta’sirining
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Aslida oilaviy
turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy
asoratlari, hamma-hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi
ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa
shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta,
shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy
bog‘liq bo‘lganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borishni taqozo etadi.
Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini milliy-madaniy sharoitda o‘rganishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |