Epiteliy to’qimasi Epitiliy hujayrasi asosiy vazifasiga ko’ra sirtqi epitiliy, bezli epitiliy va sensor epitiliy xillariga bo’linadi. Barcha epitiliy xillari uchun yupqa bazal membrana (bazal qavat gialinli membrane, oynasimon membrana) xos bo’lib, u epitiliyning mehanik tasirlariga chidamligini taminlaydi. Yuza (qoplovchi) epitiliy organizmning ichki va tashqi tarafdan o’rab uni himoyasini sekretsiya jarayonini va rezorbsiya (moddalar yetilishi) va tashqi muhit bilan aloqasini ta'minlaydi. Bezli epitiliy tashqariga (ekzotrin bezlar) yoki qonga (endokrin yoki ichki sekretsiya bezlar) turli suyuqliklar (so’lak ter, ferment, garmon) ajratiladi. Sensor epitiliy o’z navbatida sezuv o’rganlariga uchrab tashqi tasirotni qabul qilib uzatadi (masalan, ko’zning to’r pardasi) qoplovchi epiteliy joylashgan organ yuzasiga bog’liq holda yassi, kubsimon, silindirsimon, qoplamasiga qarab oddiy, qavatli (bir qavatdan ko’proq) va ko’payadi, epiteliyga bo’linadi. Masalan ko’p qavatli yassi epitiliy - teri mehanik tasirotlarga berilmasligini taminlaydi. Psevdo ko’p qavatli epitiliyda barcha hujayralar bazal membranaga taqalsa ham barchasi erkin yuzaga yetmaydi (Masalan 2 qavatli mersatel epitiliy nafas yo’llaridagi)1.
Tibbiyotda 1500 dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud. Nasl kasalliklari xromosomalarning anomal yig‘indisi, jinsiy hujayralarning o‘zgarishi yoki mu‘tatsiya ta’sirida paydo bo‘ladi.
Tashqi omilning salbiy ta’siri natijasida haqiqiy kasallik yuzaga chiqadi (karlik, nurlanish - qon raki).
Shunday qilib, qadimda kishilarga jumboq bo‘lgan, jins bilan bog‘lik irsiy kasalliklar va belgilarning nasldan-naslga o‘tishi xromosoma tabiatini puxta o‘rganish asosida hal qilindi.
Nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklarni rivojlantirmaslik uchun bolalarni jismoniy sog‘lomlashtirish, ovqat sifatini yaxshilash, chiniqtirish, yuqumli kasalliklardan saqlash, asab kasalliklarini oldini olish masalalariga katta e’tibor berish kerak. Genetika fanining rivojlanishi natijasida nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklarni vaqtida aniqlash va oldini olish mumkin bo‘ldi. Hozircha tibbiyotda anomal gen va xromosomani davolash usullari yo‘q. Irsiy kasalliklar organizmda xilma-xil xastaliklarni paydo qiladi. Ular asosan kliniko - genetik usullar orqali o‘rganiladi, ya’ni avloddar shajarasi to‘z iladi. Irsiy belgilar tashqi muhit ta’siriga juda chidamli.
Ho‘sh, odam o‘ziga nimani meros qilib oladi? Odam o‘zining butun "biofondini" meros qilib oladi, ya’ni butun organizmini ko‘z, sochini rangini, organlar shaklini, nerv tizimini, sezgi organlarini va b. meros qilib oladi, biroq, bola tug‘ilganidan boshlab u sotsial muhit shart-sharoitlarida o‘sib, rivojlanib boradi, biologik va sotsial omillarning o‘zaro ta’siri natijasida, o‘ziga xos bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizm shakllanadi. Ular fenotipini belgilab beradi. Demak, irsiyat tashqi muhit ta’sirida o‘zgaradi, lekin yo‘q, bo‘lib ketmaydi.