1. A harfi. Bu harf ikki uchi ilgakli tayoqchadan iborat. Ilgakning biri o’ngga, biri chapga qaragan. Qaysi birining o’ngga qaragan bo’lishining ahamiyati yo’q. SHuning uchun bu harf ikki ko’rinishga ega. Biroq ustki ilgak o’ngga, pastki ilgak chapga qaragan bo’lib, ___bu O’rxun yodnomalariga xos. Ikkinchisida aksincha - ustki ilgak chapga va pastki ilgak o’ngga qaragan:__ Enisey bitiklarida har ikkala ko’rinishi ham bor. Bu harf til oldi ә va til orqa a tovushini bildiradi. A yoki ә ekanligini undosh tovushlarni ifodalovchi harflardan bilish mumkin. A harflari so’z boshida t tovushini, ikkinchisi a tovushini bildiruvchi harf bo’ladi.
Boshqa yozuvdagi yodnomalarni ilmiy ravishda o’qishni ta’minlash maqsadida transliteratsiya va transkriptsiyadan foydalaniladi. Transliteratsiya (harf ag’darish)da bitikdagi harflar, transkriptsiyada esa tovush yoki fonemalar maxsus belgilar bilan aniq beriladi. Demak, transliteratsiya yozuvni aniq aks ettirsa, transkriptsiya talaffuzni aniq aks ettiradi.
A harfining transliteratsiyasi uchun ‘ belgisi qabul qilinadi.