1-mavzu. “O„zbek tilining sohada qo„llanishi” fanini o„qitishning maqsad va vazifalari mashg‟ulot rejasi



Yüklə 100,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.04.2022
ölçüsü100,96 Kb.
#56649
  1   2   3
1-mavzu



1-MAVZU. “O„ZBEK TILINING SOHADA QO„LLANISHI” FANINI 

O„QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 

 

Mashg‟ulot rejasi: 

1.Til va tafakkur.  

2.Til va nutq.   

3.Davlat tili tushunchasi.  

4.O„zbek tili va davlat qonunlari.     

 

     Til  va  tafakkur.    Tafakkur  arabcha  so‟z  bo‟lib,  fikr  yuritish,o‟ylash,  fikrlash 



kabi  ma‟nolarni  ifodalaydi.  Tafakkur  orqali  obyektiv  borliqni  taniy  boshlaymiz. 

Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:  

                           Ki har ishni qildi odamizod,  

                           Tafakkur birla qildi oni bunyod.  

      Ko‟rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne‟mat hisoblanadi.   

Tafakkur  fikrning  ko‟pligi  hisoblanar  ekan,  til  mana  shu  fikrlarning  voqe 

bo‟lishidir,  ya‟ni  fikr  (tafakkur)ning  ro‟yobga  chiqishida  til  asosiy  vosita  bo‟lib 

xizmat  qiladi.  Til  va  tafakkur  uzviy  bog‟liq.  Tilsiz  tafakkur  va  tafakkursiz  til 

mavjud  bo‟lolmaydi  (obrazli  qilib  aytadigan  bo‟lsak,  tansiz  jon,  jonsiz  tan 

bo‟lolmaganidek).   

      XX  asrning  buyuk  yozuvchilaridan  biri  Oybek  “Navoiy”  asarida  “Bir    soatlik  

tafakkur  bir  yillik  toatdan  afzal”  deydi. Buning ma‟nosi shuki, kishi qanchalik 

ko‟p  o‟ylasa,  fikr  yuritsa,  uning  qiladigan  amali  ham,  aytadigan  so‟zi  ham 

shunchalik go‟zal bo‟ladi, boshqalarga ibrat bo‟ladi.   

         Tafakkur,  jamiyat,  mehnat  faoliyati  davomida    o‟sib,    rivojlanib  boradi. 

Demakki,  til  va  uning  ko‟rinishi  bo‟lgan  nutq  ham  tafakkur  bilan  bog‟liq  holda 

takomillashib boradi.   

 1-topshiriq. Matnni o‟qib, quyidagi savollarga javob bering.  




1. Buyuk bobomiz A.Navoiyning yuqoridagi fikrini o‟z so‟zlaringiz bilan izohlang. 

2. Til va tafakkur bog‟liqligi haqida gapiring,  misollar bilan tushuntiring.  

3.  Tilning  rivojida  tafakkurning,  tafakkurning  rivojida  tilning  qay  darajada 

ahamiyati bor?  

4. “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deganda nimani tushunasiz?  

5.  “O‟zga  bir  tilni  egallash  boshqa  bir  xalqning(millatning)  tafakkur  tarzini 

o‟zlashtirish demakdir”. Ushbu fikrga izoh bering.  

   


       Til va nutq.  “O‟zbek tilining izohli lug‟ati”da “til”ga shunday ta‟rif beriladi: 

“Kishilar  o‟rtasida,  jamiyatda  o‟zaro  fikr  almashishning  muhim  vositasi; 

tilshunoslikning asosiy o‟rganilish obyekti”. Biz o‟z fikrimizni tilsiz turli vositalar  

bilan (qo‟l,  bosh,  yuz,  ko‟z  harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. 

Biroq  til  va  uni  ro‟yobga  chiqaruvchi  nutqimizsiz  ko‟zlangan  maqsadga        to‟liq  

erisholmaymiz.  

       Inson  ongi  biror  bir  voqelik  aks  ettirar  ekan,  u  so‟zlar  orqali  (nuqt  vositalari 

bilan) yuzaga chiqaradi. Odamzodning bolaligidan to umrining oxirigacha oladigan 

ilmiy va hayotiy ta‟limi so‟z va til vositasida amalga oshadi. Tafakkur,  til va uning 

yuzaga  chiqaruvchi  (og‟zaki,yozma  shaklda)  vosita  so‟z  bo‟lar  ekan  (nutq),  bu 

borada A.Navoiyning  quyidagi misralarini eslatib o‟tish maqsadga muvofiq:  

                         Insonni so‟z ayladi judo hayvondin,  

                         Bilki, guhari sharif yo‟qdur ondin.  

       Bilim  va  tafakkurni  rivojlantiruvchi  manba  til.    Olimlar  ta‟kidlaganidek,  ona 

tili  fani  boshqa  fanlarni  o‟rganishda  ko‟prik  vazifasini  o‟taydi.  Boshqa  fanlarga 

tilshunoslik orqali erishiladi.  

       Til va nutq o‟ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:  

1.  Til    –    aloqa  quroli.  Nutq  ana  shu  aloqa  jarayonini  amalga  oshiruvchi  vosita, 

aloqa shaklidir.   

2.  Tilning  umri  uni  yaratgan  xalqning  o‟zidek  uzoq  tarixga  ega.  Nutqning  umri 

alohida bir shaxs umri bilan teng.  



3. Til muayyan bir tilda  so‟zlovchilar  uchun  umumiy  bo‟ladi. Til me‟yorlaridan 

kelib  chiqib,  barchaga  bir  xil    talab  qo‟yiladi.  Masalan,  maktab    so‟zi  turli 

hududlarda  turlicha  talaffuz  etilsa  ham  (jumladan,  maktap,  mektep    va  h.k.), 

orfoepiya  qoidasiga  ko‟ra  shu  millatning  barcha  vakili  maktab  tarzida  talaffuz 

etishi me‟yoriy hol sanaydi.  

4. Til nisbatan turg‟un, barqaror bo‟lsa, nutq doim harakatda bo‟lib, o‟zgaruvchan 

bo‟ladi. Til va nutq o‟z birliklariga ega. Til birliklari sifatida quyidagilarni sanash 

mumkin:  

Fonema  –  tilning eng  kichik birligi bo‟lib, aloqa quroli uchun muhim ahamiyatli 

bo‟lgan farqlovchi belgi.   

Fonema – tilning ma‟no farqlash qiymatiga ega bo‟lgan eng kichik birligi. Fonema 

hozirgi    zamon    tilshunosligining  mustaqil    tarmog‟i  bo‟lmish  fonologiyada 

o‟rganiladi.  

Morfema    –    tilning    xususiy  ma‟noga    ega    bo‟lgan,    boshqa  ma‟noli  qismlarga 

bo‟linmaydigan birligi: tur, yur, boshliq va b.  

Leksema    –    jamiyat  a‟zolari  uchun  tayyor,  umumiy,  majburiy  bo‟lgan,  shakl  va 

mazmunning barqaror birikuvidan  tashkil topgan til birligi.  

Nutq  kundalik  hayotda  kishilar  orasidagi  o‟zaro  aloqa  ehtiyojini  qondiruvchi 

vositadir.  Nutq  til  materialining  namoyon  bo‟lish  jarayoni.  Nutq  birliklari 

quyidagilar:  

Tovush  –  havo oqimining nutq a‟zolari orqali shakllanib, ma‟no ifodalash uchun 

xizmat qiladigan nutq birligi.  

Harf – tovushning yozuvdagi shartli belgisi.  

So‟z – leksemaning nutqda reallashishi.  

So‟z birikmasi  –  ikki va undan ortiq mustaqil so‟zdan tashkil topgan, tushuncha 

ifodalaydigan grammatik hodisadir.    

Gap  –  nutqning bir va undan ortiq so‟z vositasida hosil qilingan birligi.    

5.  Tilning  hajmi  noaniq,  nutqning  hajmi  esa  aniq.  U  diolog,  monolog,  matn 

shaklida bo‟ladi. Nutqning ikki shakli bor: og‟zaki va yozma.  

  




Yüklə 100,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin