1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə22/22
tarix01.01.2022
ölçüsü130,92 Kb.
#50317
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha

Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya - o'zaro uzviy bog‘liq bo’gan sharqona tushunchalardir. Birincchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o'zgarib-yangilanib boraveradi».

Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «0‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi, avalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir».

Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. 0‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voya­ga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablaishtiradi.

Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamona­viy madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.

Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadr­lar tayyorlash milliy dasturi»da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon .ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri - erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. «Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadi­gan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihat­dan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak».



Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshi­rish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahami­yat kasb etadi.


Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin