1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə7/22
tarix01.01.2022
ölçüsü130,92 Kb.
#50317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha

5. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.

«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».

Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o'zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o'z talablarini qo'ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo'lida uzluksiz ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.




  1. Yüklə 130,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin