1-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI.
O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalari: Maktabgacha ta’lim tizimi , Xalq ta’limi tizimini, Oliy ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi va turlari
Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar. O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilindi va Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Ushbu qonun 11 bob 75 moddadan tashkil topgan. 1-bob 1-5-modda, 2-bob 6-22-modda, 3-bob 23-28-modda, 4-bob 29-43-modda, 5-bob 44-46-modda, 6-bob 47-51-modda, 7-bob 52-56-modda, 8-bob 57-61-modda, 9-bob 62-66-modda, 10-bob 67-69-modda, 11-bob 70-75-moddalarni o’z ichiga oladi. Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.