2. Fanningob’ekti, predmeti, maqsadvavazifalari. Bugungi kunda arxiv ishi sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va arxivshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish talablaridan kelib chiqqan holda arxiv atamasi mohiyati, arxiv ishini rivojlanish bosqichlari, O‘zbekistonning asosiy arxivlari faoliyatini yoritish masalalarni mohiyati va ahamiyatini ochib berishda Medisondagi Viskonsinsk universiteti (University of Wisconsin–Madison) va Pittsburgsk universitet (University of Pittsburgh)larining zamonaviy ilmiy-metodologik yondoshuvlaridan foydalanildi.
O‘zbekiston hududida istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. YAshab turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir.
Fanning dolzarbligi. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba yoshlarning O‘rta Osiyoda arxiv ishi tarixi va O‘zbekistoning asosiy arxivlari fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashini boyitish, ularda arxiv ishi tarixiga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Fanning ahamiyati.O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani yoshlarga xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni moddiy – ma’naviy merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qiladi. YUrtboshimiz ta’kidlab o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “SHarq”, 1998. – B. 8-9).
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning millat va jamiyat ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish, jamoatchilikni arxiv ishi tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi.