“O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA
AMALIYOTI” fanidan
O’QUV MATERIALLARI
( MA’RUZALAR T O’PLAMI )
(2015-2016)
1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi
vazifalari.
REJA:
1. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
predmeti va tadqiqot ob’ekti.
2. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
qonuniyatlari va kategoriyalari.
3. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”ning fan
sifatida shakllanishi.
4. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.
XX asr so’nggida dunyo xaritasida mustaqil O’zbekiston paydo bo’ldi. Uch ming yillik milliy
davlatchilik tariximizda o’z mustaqilligining navbatdagi istiqlol tsivilizatsiyasiga qadam qo’yildi.
Qadamning tarixan tub sifat mohiyati 1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan mustaqil O’zbekiston
davlatining konstitutsiyaviy maqomida aniq shakl va mundarija kasb etdi. Mustaqil O’zbekiston
xalqi o’z oldiga “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish”dek, konstitutsiyaviy
maqsadni qo’ydi. Milliy davlatchiligimizning boy va ibratli tarixida ilk bor ana shunday maqomga
ega tsivilizatsiyalashgan davlat barpo etish va uning negizida adolat, qonuniylik tamoyillariga
tayanuvchi zamonaviy demokratik jamiyatni shakllantirishdek, asriy orzu-umid imkoni yuzaga
keldi hamda uning konstitutsiyaviy-huquqiy asos-zaminlari yaratildi.
Milliy demokratik taraqqiyotning o’zimizga xos, o’zimizga mos strategiyasi belgilab berilgan
“o’zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili, tamoyillarning ilmiy-amaliy yaxlit mundarijasi milliy
davlatchiligimizning yangidan tiklanish va rivojlanish jarayonlari hamda bosqichlari mazmunini,
xarakterini, tabiatini, ya’ni aniq demokratik maqomini tayin etdi.
Xo’sh, ushbu jarayonlar va bosqichlar, umuman, yaxlit, mushtarak siyosiy-demokratik
pirovard-maqsadning ibtidosi, yo’li, amaliyoti hamda aniq samaralari qanday bo’ldi, bo’layapti?
Pirovard - maqsadning nazariy-uslubiy, g’oyaviy, ilmiy va amaliy, shuningdek, konstitutsiyaviy-
huquqiy asos-bazalari takomili nimalardan iborat? O’zbekiston istiqlol va taraqqiyot andozasi
negizida to’plagan milliy demokratik rivojlanishning o’ziga xos tarixiy tajribasi xususiyatlari
qanaqa? Ular mazmun va maqomi umumdemokratik tsivilizatsiya talablariga to’la mos kelyaptimi
yoki yo’qmi? Agar tanlangan yo’l umuminsoniy qadriyatlarning tsivilizatsiyaviy mushtarakligidan
iborat umumdemokratik madaniyatning talab-ehtiyojlariga to’liq mos kelayotgan bo’lsa, uning sir-
asrori nima va sabab-oqibatlari qanday? Mustaqil davlatimizning jahon demokratik hamjamiyatida
munosib o’rin tutishi yo’lidagi sa’y-harakatlari kutilgan natijasini beryaptimi? Mustaqillikni yanada
mustahkamlash, milliy tiklanish jarayonlarini demokratik g’oyalar va ular amaliyoti bilan to’liq
ta’minlash, tub islohotlar hamda yangilanishlarni demokratik yanada chuqurlashtirish orqali jamiyat
hayotining barcha sohalarini demokratik liberallashtirish, ijtimoiy taraqqiyotning oliy belgisi,
ko’rinishi bo’lmish adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq
taqdirilomon vazifalar ko’lamining nazariy-amaliy istiqbollari qanaqa? Zamonaviy jahoniy tafakkur
tsivilizatsiyasiga asoslangan milliy siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-g’oyaviy
nazariy falsafaning Prezident Islom Karimov demokratik ta’limoti bilan uzviy mushtarakligidan
iborat yaxlit kvintessentsiyasi mustaqil O’zbekistonda kechayotgan qizg’in demokratik jarayonlarda
qanday amaliy ijrosini topmoqda? Umuman, O’zbekistonning o’z istiqlol va demokratik taraqqiyot
yo’li hamda uni yanada takomillashtirish istiqbollari qanday? Va hokazo...
Savollar jiddiy ilmiy-nazariy va amaliy aniq javoblarni talab qiladi. Ularni yaxlit
mushtaraklikda aynan “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
fani maxsus o’rganadi.
Fan yuzaga kelishining ijtimoiy, siyosiy-ma’rifiy ehtiyoji, eng avvalo, istiqlol o’laroq,
tanlangan milliy rivojlanish yo’lining demokratik maqsad-maqomida, konstitutsiyaviy mazmun-
mundarijasidadir.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini demokratik
dunyo tsivilizatsiyasi talablari hamda tartib-qoidalari, umumbashariy tamoyillari asosida belgiladi.
U o’z maqomini dunyoviy davlat shaklida belgilab, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo
etishga, uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilashga kirishdi. Shu ulug’ maqsad yosh
mustaqil davlatni bozor iqtisodiyotiga o’tishdek erkin demokratik taraqqiyot yo’lini
tanlashga olib keldi. Bu yo’l halokati muhaqqaq bo’lmish qonli inqilobiy “sakrash”lar asosida
emas, balki bosqichma-bosqich,uzviy tadrijiy rivojlanish bo’ldi. Har qanday “izm”lardan,
mafkuraviy tazyiqlardan xoli bu yo’l demokratik barqaror yo’l sifatida iqtisodiyotni Siyosatdan
ustun qo’yilishini taqozo etdi. Ma’muriy-buyruqbozlikdek totalitar, g’ayridemokratik tuzumdan
demokratik huquqiy tsivilizatsiyaga asoslangan tizimga o’tishdek, qismatning murakkab
chorrahalarida butun mas’uliyat va tashabbusni ongli ravishda o’z zimmasiga olgan davlatning
bosh islohotchilik maqomi aniq belgilab olindi. Bu o’tish bosqichidek og’ir davrda jamiyatda
siyosiy-ma’naviy barqarorlikni, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, muqarrar tub islohiy
yangilanishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, odamlar ongi hamda dunyoqarashini
o’zgartirish, ularda demokratik qadriyatlar madaniyatini tarbiyalab, shakllantirish imkonini yuzaga
keltirdi. Eng muhimi - jamiyat o’tish bosqichiga xos turli ijtimoiy larzalardan xoli bo’ldi.
Davlatning bosh islohotchilik maqomi davlat va jamiyat qurilishi tamoyillarini
konstitutsiyaviy to’g’ri belgilash orqali hokimiyat bo’g’inlari har birining faoliyat doirasini aniq
belgilab, ular o’rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olishga kafil bo’ldi. Mustaqil davlat
Asoschisi va Yo’lboshchisi I.A.Karimovning ham davlat boshlig’i, ham hukumat raisi
sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi aynan ana shu maqsad - davlatning bosh islohotchilik
vazifasiga to’liq safarbar etildi.
Demokratiyaning bosh talabi bo’lmish qonun ustuvorligini ta’minlash, unga to’liq erishish
konstitutsiyaviy maqsad qilib belgilandi. Zotan, demokratik jamiyatda inson huquqlari va
erkinliklari, avvalo, Konstitutsiya hamda qonun ustunligi bilangina ta’minlanadi. Qonun
oldida hamma teng. Bu demokratiyaning oddiy talabi.
Ma’lumki, bozor - iqtisodiyot demokratiyasi hisoblanadi. Iqtisodiy erkinlik, mulkning turli
shakllarda mavjud bo’lishi va raqobat asosida erkin rivojlanishi iqtisodiyot demokratiyasining
asosi hisoblanadi. Mulkining shaklidan qat’i nazar mulk egasi erkin va ozod. U o’z manfaatlaridan
kelib chiqqani holda, raqobat bozorida ishtirok etadi.
Iqtisodiyot demokratiyasi bo’lgan bozorga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida
jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlami, shubhasiz, aniq yo’naltirilgan kuchli ijtimoiy himoyaga
tabiiy muhtojlik sezadi. Demokratik davlat va demokratik jamiyat ana shu muqarrar muhtojlik
o’laroq, kam ta’minlangan odamlarni, oilalarni, xususan, ko’p bolali oilalarni, qariyalarni,
nogironlarni o’z ijtimoiy himoyasiga oladi. Bu yolg’iz demokratik davlat va uning negizida
demokratik jamiyat barpo qilish sari yuz tutgan o’tish bosqichidagi rivojlanayotgan mamlakatlar
uchungina emas, ayni paytda, rivojlangan yirik demokratik davlatlar, ularning batartib va barqaror
ijtimoiy Siyosati uchun ham aslida xos jihatdir.
Xalq hokimiyatchiligi bo’lgan demokratiya O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
yaxlit mundarijasini tashkil etdi. Asosiy Qonunning Muqaddimasidan so’nggi 128-moddasigacha
davlatimizning demokratik maqomi aniq huquqiy ifodasini topgan. Konstitutsiya - milliy
demokratiyaning yuridik ko’zgusi. Unda umuminsoniy demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq
normalari, shuningdek, inson huquqi davlat huquqidan ustun qo’yilgan. Zotan, haqiqiy demokratik
davlat huquqiy tajribasidagina inson huquqlari, erkinliklari, inson manfaatlari eng yuksak va eng
ustun qadriyat hisoblanadi. Demokratik davlat va jamiyat, avvalambor, inson manfaatlari, huquqlari
va erkinligi uning tinch-totuv hayoti, kelajagini tashkil etish, himoya qilishdek, ulug’vor
insonparvar maqsadlarga xizmat qiladi. O’zbekiston o’z Yo’lboshchisi rahbarligida ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot ko’ndalang qo’ygan, qo’yayotgan ana shu masalani
demokratiyaning fuqarolarning teng huquqliligi, inson huquqlarining ustuvorligi, xalqning erkin
xohish-irodasi, hokimiyat organlarining saylab qo’yilishi, ularning saylovlarga bo’ysinishi,
hokimiyat tarmoqlarining taqsimlanganligi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat
organlarining saylab qo’yiladigan organlar oldida hisob berishga burchliligi, umuminsoniy
qadriyatlar hamda xalqaro huquq normalarining ustunligi kabi asl tamoyillariga qarab, to’g’ri hal
qildi, hal qilmoqda, kundalik faoliyatga omilona tadbiq etmoqda.
Ma’lumki, har qanday jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi printsiplar
(xalq hokimiyatchiligi, qonun ustuvorligi, Qonun oldida barchaning tengligi, inson huquqining
davlat huquqidan ustunligi va b) qatorida kamida uchta mezon mavjud. Ular:
a) xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardorligi, ushbu jarayonlarda ongli faol
ishtirok etishi;
b) hukumat qarorlari, qonunlar ijrolari xalq tomonidan nazorat qilinishi (jumladan, jamoatchilik
nazorati);
v) oddiy fuqarolarning davlatni, jamiyatni boshqarishda ongli faol ishtiroki.
Ha, adolat va demokratiyani tepadan turib, maxsus farmon yoxud dekret bilan o’rnatib
bo’lmaydi. Bu butun xalqning, har bir fuqaroning birdek mushtarak ishtirokini taqozo etadi. Ana
shunga erishgan davlat va jamiyatgina, ushbu haqiqatni teran anglagan, demokratik tsivilizatsiya
kashf etgan, asrlar sinovidan o’tgan, demokratik dunyoning bugungi talablariga xizmat qiladigan,
tanlab-saralab olingan milliy qadriyatlar va umuminsoniy tajribalar tabiiy uyg’unlashgan
jamiyatgina demokratik maqom kasb etadi.
Konstitutsiyaviy tamoyillarga qat’iy rioya etish asosida yuqoridagi universal mezonlarning
demokratik amaliyoti O’zbekiston ijtimoiy hayotida demokratiya talablari va printsiplarini to’la
qaror toptirish, davlat, jamiyat hamda davlat idoralari ishini demokratik tamoyillar negizida tashkil
etish imkonini berdi. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Vazirlar
Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari) va sud tizimidan iborat uch mustaqil bo’g’ini bir-
birini tiyib turish, nazorat qilish va bir-birining ishiga aralashmaslik maqomida konstitutsiyaviy
tashkil etildi.
Demokratik davlat va jamiyatda ijtimoiy hayot ko’p partiyaviylik, fikrlarning xilma-xilligi,
plyuralizm (jumladan, siyosiy va mafkuraviy plyuralizm) asosida rivojlanadi. Demokratiyaning bu
qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida muhrlab qo’yilgan
Zotan, har qanday demokratiya, avvalo, g’oyalar, qarashlar demokratiyasidan, demak, tafakkur,
dunyoqarash, ong demokratiyasidan boshlanadi. Bu demokratiyaning ma’naviy talabi, ayni paytda,
ma’naviyatning demokratik talabi. Tafakkurni, dunyoqarashni, ongni demokratlashtirmay turib,
davlatni, jamiyatni demokratlashtirib bo’lmaydi. Qonun va qonun talablari kamsitilib kelingan
muhitda shakllangan jamiyat, tarbiyalangan inson uchun, shubhasiz, demokratik umuminsoniy
qadriyatlarga ko’nikish, uning qat’iy talablari, qonun-qoidalariga bo’ysinib, ularga rioya etib
yashash haddan tashqari og’ir, mushkul. Ko’nikish jarayoni qiyin kechmoqda. Demokratiyaga
o’tish bosqichida bu tabiiy hol. Bu erda muqobil yo’l yo’q. Aks holda, umumbashariy
taraqqiyotning tsivilizatsiyalashgan umumdemokratik yo’lidan chetga chiqib, qismatning yanada
og’ir muammolari girdobida qolib ketish, hatto, g’arq bo’lish mumkin. Tsivilizatsiyalashgan
yagona najot yosh mustaqil davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot
muammolarini umumtan olingan demokratik tamoyillarga qarab to’g’ri, oqil belgilashda,
kundalik hayotimizga ushbu tamoyillarni ongli tadbiq eta olish san’atida. Shunday saodatga
O’zbekistonda erishildi, erishilmoqda.
Inkor qilish kayfiyatidan bunyodkorlik kayfiyatiga, odamlar dunyoqarashini boshqarishdan
ularning ongi-tafakkurini demokratik o’zgartirish, demokratik boyitish yo’liga o’tgan, sof demokrat
mazmun-mundarija kasb etib, unga xizmat qilayotgan jamiyat hayotini demokratik yangilashga,
jamiyatu xalqni ulug’ demokratik maqsadlar yo’lida yakdilu yaktan etib, adolat muqaddasligiga
ishontirib, unga da’vat qiluvchi, ruhlantiruvchi milliy g’oya (O’zbekiston - kelajagi buyuk
davlat), ma’naviyat demokratiya bilan uyg’unlashtirildi.
Ana shu tariqa yangi insonparvar demokratik huquqiy o’zbek davlatchiligi yuzaga keldi va
erkinlik, ozodlik, adolat uning demokratik mezoniga aylandi.
O’zbekiston demokratik jamiyat barpo etish jarayonlarini yanada tubdan isloh qilishga
qaratilgan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturini ishlab
chiqib, uning amaliy ijrosini to’liq ta’minlashga kirishdi. Jamiyatni demokratik yanada isloh qilish
maqsadida hayotning barcha sohalarini, jumladan, siyosiy va iqtisodiy jabhani, davlat hamda
jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish bosqichiga kirishdi. Bu - alohida mavzu.
Ayni paytda, demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirishning ettita maqsad-vazifalardan iborat bosh yo’nalishlari yaxlit
kontseptsiya - siyosiy dastur maqomida ishlab chiqildi. Ular ijrosi boshlab yuborildi. Bu haqda
dasturimizning so’nggi ma’ruzasida maxsus to’xtalamiz.
Xulosa:
1. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’z milliy davlatchiligining yangi demokratik
bosqichiga qadam qo’ydi.
2.
Asosiy Qonunda mustaqil davlatning konstitutsiyaviy maqomi aniq belgilandi va u
O’zbekiston xalqining bosh maqsadi, deb hisoblandi (“insonparvar demokratik huquqiy davlat
barpo etish”).
3.
Mustaqil demokratik davlatning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, jamiyatda Konstitutsiya
va Qonun ustunligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi bosh qoida, deb aniq belgilandi.
4.
Demokratik tsivilizatsiyagagina xos bo’lgan boshqaruvning Prezidentlik instituti joriy
etildi. Hokimiyat uch mustaqil bo’g’inga ajratildi. Boshqaruvning bo’lak demokratik institutlari
tashkil etildi. Demokratik saylov va odil sudlov tizimlari shakllandi.
5.
Inson huquq va erkinliklari muqaddas, inson huquqlari davlat huquqidan, xalqaro huquq
normalari milliy huquq normalari ustidan ustuvor, deb topildi. Qonun oldida barcha teng bo’ldi.
“Kuch - qonun adolatida” tamoyili kuchga kirdi.
6.
Qonun ustuvorligi, demokratik tamoyillari qaror topib, xalq uchun erkin hayot, farovon
turmush sharoitini yaratish - tub demokratik islohotlarning tamal toshiga aylandi.
7.
Odamlar dunyoqarashi o’zgardi. Demokratiya va adolat, haq-huquq va erkinlik xalqning
qarorlar, qonunlar qabul qilish jarayonlariga ongli faol ishtirok etish, ular ijrolarini amaliyotda
nazorat qilish, oddiy odamlarning davlatni, jamiyatni boshqarishda qatnashishi odat tusiga aylandi.
8.
Jamiyatda demokratik, siyosiy va huquqiy ongni yuksaltirish, odamlar ijtimoiy faolligini
kuchaytirish orqali xalq hokimiyatchiligi instituti faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan
tub demokratik islohotlar qizg’in davom ettirilmoqda va kutilgan aniq samaralarini bermoqda.
9.
Demokratik printsiplar jamiyat hayotining taqdirilomon mohiyatiga aylanmoqda.
Demokratik jamiyat barpo etish jarayonlari va bosqichlarini milliy istiqlolning demokratik mumtoz
g’oyalari bilan mafkuraviy-ma’naviy ta’minlash davom etmoqda.
10.
O’zbekistonda demokratik islohotlar nazariyasi va amaliyoti Islom Karimov siyosiy teran
falsafasi o’laroq, mustaqil milliy demokratik ta’limotni yuzaga keltirdi. Va u umumdemokratik
dunyo siyosiy ta’limotining ajralmas uzviy tarkibiga aylanib, uni boyitdi, boyitmoqda.
11.
Eng muhimi - O’zbekiston o’zi uchun demokratik tsivilizatsiyani kashf qildi va shu
tsivilizatsiya makonida yashashdek saodatga erishdi va h.k.
Ana shu tarixiy ob’ektiv omillar va yana boshqa qator qadriyatlar, qizg’in demokratik
yangilanish jarayonlari O’zbekistonda ushbu fan yuzaga kelishining ijtimoiy-siyosiy ehtiyojiga
aylandi. Ehtiyoj qondirildi. Bashariyat tsivlizatsiyasining tarixan boy demokratik tajribalariga
tayangan, O’zbekistonning o’z milliy xususiyatlari, an’analari, mentaliteti, o’ziga xos istiqlol yo’li
qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq konstitutsiyaviy maqsadning nazariy-amaliy tahlili,
tahliliy umumlashmasi, ilmiy-amaliy xulosalari barcha uchun, shubhasiz, ibratlidir.
Fanning predmeti. Jahon demokratik tsivilizatsiyasi yutuqlari, Prezident Islom Karimov
siyosiy ta’limoti silsilasida O’zbekiston xalqining konstitutsiyaviy maqsadlaridan biri bo’lgan
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning negizida demokratik fuqarolik jamiyati
asoslarini shakllantirish bilan bog’liq milliy tiklanishning tub islohiy-strategik jarayonlari va
bosqichlari, O’zbekistonning istiqlol va o’ziga xos demokratik taraqqiyot yo’li kontseptsiyasi, uning
amaliy tajriba hamda saboqlari, tarixan g’oyat qisqa davrda shakllangan milliy demokratik
qadriyatlar, teran siyosiy qarashlar, real demokratik milliy madaniyat tsivilizatsiyasining nazariy-
amaliy asos-samaralari, yakunlari, jamiyatda sodir bo’lgan, bo’layotgan qizg’in va izchil ijtimoiy
demokratik hodisa hamda voqealar, ular o’rtasidagi sabab-oqibat dialektikasi, botiniy mantiqiy
aloqalar uzviyligi “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining
predmeti hisoblanadi.
Fanni o’qitishning maqsadi - dunyoviy O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish g’oyasi,
tarixiy takomil bosqichlari, istiqlol davri jarayonlari bilan bog’liq nazariy-amaliy muammolarni
tizimiy-tahliliy umumlashtirish orqali insonparvar dunyoviy huquqiy davlat barpo etish negizida
demokratik adolatli, ochiq jamiyatni qurishning, shakllantirishning nazariy-amaliy tajribalari va
qonuniyatlarini ochib berish.
Vazifasi - milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan bevosita uzviyligi, xalqaro
huquqning ustunligi negizida inson huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlari himoyasiga xizmat
qiluvchi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlangan, xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga
asoslangan adolatli demokratik jamiyat talablarining mustaqil O’zbekiston davlatchiligi maqomiga
uyg’unligi haqiqati o’laroq, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning asosida ochiq
fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari hamda bosqichlarining Prezident Islom Karimov
siyosiy falsafasiga tayangan nazariy kontseptual g’oyalari, ularning amaliy aniq ijrolari tajribasi va
saboqlarini teran o’rganish, ijodiy chuqur o’zlashtirish orqali talabalarda jamiyat hayotining barcha
jabhalarida kechayotgan tub taqdirilomon demokratik islohiy yangilanishlar, qizg’in demokratik
o’zgarishlar, jamiyatda asl demokratik tsivilizatsiya madaniyatining shakllanishi jarayonlariga ongli
faol ishtirok etish, jarayonni yanada sersamar bo’lishiga imkon qadar hissa qo’shishga intilish, unga
erishish ko’nikmasini tarbiyalash fanning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mazkur fan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi o’z ilmiy-nazariy va amaliy usullariga ega.
Ular:
- tahliliy, tahliliy-umumlashma usul;
- tarixiy usul;
- qiyosiy-tipologik usul;
- dialektik usul va b.
Tahliliy, tahliliy-umumlashma usul O’zbekistonda qizg’in kechayotgan demakratik
yangilanishlar jarayonlari va bosqichlarining umummushtarak qonuniyatlarini, har bir jarayon, har
bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari, maqsad hamda vazifalarini, ularning ilmiy-nazariy, ya’ni
kontseptual mazmun-mundarijasini, amaliy ijrolari samaralarini, g’oya bilan uning amaliyoti
dialektikasini o’rganish, anglash, ijodiy umumlashtirish, ilmiy-amaliy asoslangan muayyan
xulosalar orqali jarayon yoxud bosqichning yanada sersamar bo’lishini ta’minlovchi yangi g’oyalar
zahirasi hamda ularni amaliyotga aniq joriy etish usul va vositalarini kashf etish imkonini beradi.
Natijada talabada ijtimoiy-siyosiy murakkab demokratik jarayonlarning botiniy mohiyatlarini, ichki
uzviy qonuniyatlarini mustaqil anglash, mushohada qilish, tahlil etish, umumlashtirish, tegishli
ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kerak bo’lsa, jarayonni tezlashtirish, yanada samarador bo’lishiga
xizmat qiluvchi tashkiliy-ijodiy tashabbus ko’rsatish rag’bati uyg’onadi.
Tarixiy usul vositasida, talaba, avvalo, demokratiya tushunchasi, uning boy nazariy-tarixiy
asoslari, ko’p ming yillik amaliyoti, o’tmish mutafakkirlarning demokratiya nazariyasi va takomili
bilan bog’liq rang-barang siyosiy-huquqiy qarashlari, g’oyalari, ta’limotlari bilan tanishish, nazariy
bilim-saviyasini oshirish imkoniga ega bo’ladi. Ayni paytda, talaba demokratik jahon tsivilizatsiyasi
tarixi, klassik nazariy tafakkurning rivojlanish va takomil bosqichlari, demokratik tsivilizatsiyaning
zamonaviy qadriyatlari, umuminsoniy tamoyillari hamda talablari, ularning amaliy ijrolari
tajribalari-yu saboqlari bilan chuqur tanishadi, ularni hurmat qilish va ularga rioya etish, hayoti,
faoliyatini demokratik madaniyatdek sog’lom, muqaddas, odil qadriyat asosida tashkil etish,
yashash, ishlash ko’nikmasini o’zlashtiradi. Zotan, jamiyat demokratiyasi va demokratik jamiyat
har bir individning demokratik tsivilizatsiyasi mahsulidir.
Qiyosiy-tipologik usul orqali talaba demokratik madaniyat va tsivilizatsiya rivojlangan
davlatlar hamda jamiyatlarning shakllanish va taraqqiyot tajribalarini qiyosiy chuqur o’rganish,
tipologik umumlashtirish orqali ularning mustaqil O’zbekiston demokratik hayotida, maqomida qay
tarzda namoyon bo’layotgani qonuniyatlarini, omillarini teran anglab olishga muvaffaq bo’ladi.
Umumtan olingan jahoniy demokratik qadriyatlaru tamoyillari talablariga O’zbekistonda barpo
etilayotgan demokratik davlat va demokratik jamiyat amaliyoti qay tarzda javob beradi, ayni
paytda, shakllanayotgan demokratik jamiyatning o’ziga xosu o’ziga mos milliy xususiyatlari
nimada, degan savollarga aynan ana shu qiyosiy-tipologik usul aniq ilmiy-amaliy javoblar beradi.
Xulosani esa talabaning o’zi chiqarib olaveradi.
Dialektik usul talabaga demokratik tsivilizatsiya va uning shakllanish, rivojlanish,
takomillashish qonuniyatlarini, o’rganishga, ularning amaldagi ro’yoblari xususiyatlarini ijodiy -
tahliliy o’zlashtirishga, jarayonga ongli faol ishtirok etish, uni yanada takomillashtirish
imkoniyatlarini izlash, topish amaliyotiga yordam beradi va h.k.
Fanni o’qitishning nazariy-metodologik asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, qonunlar, I.A.Karimovning teran shakllangan siyosiy ta’limoti, o’tmish
mutafakkirlarining siyosiy-huquqiy qarashlari, jahon demokratik tsivilizatsiyasining qadim va
zamonaviy ilmiy-nazariy g’oyalari, mushtarak amaliy tajriba hamda saboqlari xizmat qiladi.
Mazkur fan Siyosatshunoslik, falsafa, sotsiolgiya, tarix, iqtisod, huquqshunoslik,
ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, mantiq, dinshunoslik
singari ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqada O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish
jarayonlari hamda bosqichlarining, yosh mustaqil davlat va jamiyatda demokratik tsivilizatsiya
shakllanishining o’ziga xos nazariy-amaliy muammolarini insonparvar demokratik huquqiy davlat,
adolatli fuqarolik jamiyati maqomlarida tadqiq etadi, ilmiy-tahliliy umumlashtiradi, demokratik
yangilanishlar jarayonlarini yanada rivojlantirish, uning nazariy-amaliy asoslarini yanada
takomillashtirish bilan bog’liq yangi-yangi g’oyalar zahiralarini kashf etadi, ularni amalga oshirish
mexanizmlarini taklif etadi. Shu maqomi bilan ushbu fan ko’proq Siyosatshunoslik, sotsiologiya va
huquqshunoslik fanlariga yaqin turadi.
Jumladan, Siyosatshunoslik fani demokratik jamiyat qurilishi jarayonlari, avvalo, siyosiy
hodisa ekanligi haqiqatidan kelib chiqqan holda, siyosiy ta’limotlar, siyosiy institutlar va ularning
funktsiyalari, siyosiy tizim va siyosiy rejim, ularning takomili, tarkibiy qismlari, siyosiy ong,
siyosiy madaniyat, siyosiy plyuralizm, ko’ppartiyaviylik, siyosiy huquqlar, siyosiy hokimiyat,
siyosiy manfaatlar, siyosiy rahnamo, siyosiy elita, shaxs va Siyosat, siyosiy ijtimoiylashuv singari
jamiyat siyosiy hayotining turli jihatlari hamda sohalarini hozirgi istiqlolcha siyosiy jarayonlar va
siyosiy sohani erkinlashtirish qonuniyatlari-silsilasida o’rganish, o’rgatish asosida O’zbekistonda
insonparvar demokratik huquqiy davlat hamda jamiyat tizimini shakllantirishning siyosiy
xususiyatlari, omillari, asos-manbalarini tahliliy umumlashtiradi. Siyosiy tub islohotlarning aniq
samaralarini belgilab, ularning takomillashuv istiqbolini bashorat qiladi.
Huquqshunoslik fani davlat va jamiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy tizimini, tizim nazariyasi
hamda amaliyotini o’rganadi. Huquqiy davlat, uning yuridik maqomi, asoslari va funktsiyalari,
davlatning konstitutsiyaviy - huquqiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish ham shu fan vazifasiga
kiradi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |