1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


SHayx  Muslihiddin  Sa‟diy  SHeroziy



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
1-mavzu

SHayx  Muslihiddin  Sa‟diy  SHeroziy  XIII  asrda  Eronda  yashab  ijod  qilgan 

yirik  shoir  va  mutafakkirdir.  U  faylasuf-shoir  bo‗lishi  bilan  birga  tajribali  murabbiy 

ham  bo‗lgan.  SHoir  ―Guliston‖  asarida  o‗z davri mudarrislarini turli toifaga bo‗lib, 

ularni  ta‘riflaydi.  Qattiqqo‗l  o‗qituvchilarni  “..basharasi  tirishgan,  tili  zahar, 



yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko„z, uni ko„rishi bilan 

shogirdlarining  kayfiyati  uchar”,  shogirdlar  undan  bilim  va  tarbiya  ololmaydilar. 

YAna  bir  toifadagi  o‗qituvchilar  “...sodda,  yaxshi  va  yumshoq  ko„ngilli  odam. 



Unar-unmasga so„zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so„zlar og„zidan chiqmas 

edi.  Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko„rgan bolalar murabbiyni 

mensimay  qo„ydilar.  Uning  yumshoq  tabiatlik  ekanligini  bilishib,  ilmni  ham 

o„rganmadilar.  Alqissa  bolalar  o„yin  va  to„polonga  berilib  vaqtni  bekorga 

o„tkazdilar”.  

                                                 

6

 Абул-Қосим Маҳмуд  аз-Замаҳшарий.  ―Нозик иборалар‖. – Т.:  ―Камалак‖, 1992,  16-бет. 




Bayt: 

Ustod muallim  bo‗lsa beozor, 

 

Go‗dak eli bozorda xarsang o‗ynar.  



Bu  holatga  SHayx  Sa‘diy  SHeroziy  ikki  xil  ta‘rif  beradi.  Birinchidan,  Sa‘diy 

yashagan  davrda  ham,  undan  keyingi  davrlarda  ham  maktabda  o‗quvchilarni 

qattiqqo‗llik  bilan  o‗qitganlar.  Ikkinchidan,  SHayx  Sa‘diy  bu  holatni  o‗z  ko‗zi 

bilan  ko‗rgan  va  qattiqqo‗l  o‗qituvchiga  nisbatan  norozilik  bildirmagan,  ilm  va 

tarbiya  berishda  qattiqqo‗llikni  afzal  ko‗rgan:  ―jabr  ustod  boz  mehr  padar‖  deb 

ta‘kidlaydi,  ya‘ni  o‗qituvchining  jabri  va  jazosi  ota  mehridan  ham  afzalligini 

aytadi.  

 Buyuk  mutafakkir  Abdurahmon  Jomiy  XV  asrda  yashab  ijod  qilgan.  U o‗z 

asarlarida  insonning  yuksak  axloqiy  hislatlarini,  go‗zal  fazilatlarini  kuylaydi. 

«Iskandar  xirodnomasi‖  asarida  muallimlar  to‗g‗risida  noyob  fikrlarni  bildirgan: 

―muallim  aqlli,  adolatli,  o‗zida  barcha  yuksak  fazilatlarni  mujassamlashtirgan 

bo‗lishi  kerak.  O‗zini  nomunosib  tutgan  murabbiy  hech  vaqt  bolalarga  bilim  bera 

olmaydi‖.  SHoir muallimning  hayotdagi  o‗rnini quyidagi  baytida bayon qiladi: 

Ustod, muallimsiz  qolganda zamon, 

 

Nodonlikdan qora bo‗lurdi jahon.  




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin