yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo‗lishi bilan birga tajribali murabbiy
ham bo‗lgan. SHoir ―Guliston‖ asarida o‗z davri mudarrislarini turli toifaga bo‗lib,
Абул-Қосим Маҳмуд аз-Замаҳшарий. ―Нозик иборалар‖. – Т.: ―Камалак‖, 1992, 16-бет.
Bayt:
Ustod muallim bo‗lsa beozor,
Go‗dak eli bozorda xarsang o‗ynar.
Bu holatga SHayx Sa‘diy SHeroziy ikki xil ta‘rif beradi. Birinchidan, Sa‘diy
yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda o‗quvchilarni
qattiqqo‗llik bilan o‗qitganlar. Ikkinchidan, SHayx Sa‘diy bu holatni o‗z ko‗zi
bilan ko‗rgan va qattiqqo‗l o‗qituvchiga nisbatan norozilik bildirmagan, ilm va
tarbiya berishda qattiqqo‗llikni afzal ko‗rgan: ―jabr ustod boz mehr padar‖ deb
ta‘kidlaydi, ya‘ni o‗qituvchining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini
aytadi.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod qilgan. U o‗z
asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go‗zal fazilatlarini kuylaydi.
«Iskandar xirodnomasi‖ asarida muallimlar to‗g‗risida noyob fikrlarni bildirgan:
―muallim aqlli, adolatli, o‗zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan
bo‗lishi kerak. O‗zini nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera
olmaydi‖. SHoir muallimning hayotdagi o‗rnini quyidagi baytida bayon qiladi:
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo‗lurdi jahon.
Dostları ilə paylaş: