Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pеdаgоgik аksiоlоgiya ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o‘rganish hаmdа tа’lim-tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (o‘ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to‘g‘risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim -tarbiya jarayonida qo‘llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning o‘zaro uyg‘unligi natijasida shakllangan fan sohasi bo‘lib, muzey muhitida ta’lim -tarbiya berish yo‘llarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo‘nalish bilan shug‘yllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o‘rganuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog‘liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho‘qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari.Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.