1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi


Ta'lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni



Yüklə 186,33 Kb.
səhifə34/54
tarix02.02.2023
ölçüsü186,33 Kb.
#82413
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
(1-15) Mavzu Pedagogika

Ta'lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni. An'anaviy pedagogikada formal va moddiy ta'lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o'rta ta'lim mazmuniga qanday ta'sir etadi?
Formal ta'lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi (bu nom E.Shmit va A.A.Nemeyerning«npHHij,Hnbi BocnuraHMH h o6yiieHHH» asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta'limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e'tirof etadilar. Keyinchalik bu ta'limot formal ta'lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g'oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko'p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o'qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o'quvchining iqtidorini rivojlantirish o'quvchining to'g'ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo'lishi shart deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug'iladi, shu bois ta'lim o'quvchilarning ma'lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o'stirish, ya'ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta'lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g'oyalari asosida ish ko'riladi.
XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiy ta'lim nazarivasi jadal rivojlandi. Nazariyaning paydo bo'lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo'lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo'lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o'zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko'proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta'Iimi mazmunini shakllantirishga bunday yondashishning samarasi kam bo'lib chiqdi, chunki o'quvchilarga juda ko'p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o'zlashtiriladi.
XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta'Iimi masalalari bo'yicha pragmatik (yunoncha «pragma» - harakat, amaliyot) g'oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859— 1952-yillar) maktab ta'limining o'z konsepsiyasini yaratishga ko'p urindi. Bu yo'nalishlar vakillari (Dj.Dyun, G.Kershenshteyner) o'qitish bu o'quvchining «tajribasini qayta tashkil etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydiiar.
O'qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang'ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: «Oldindan tuzilgan o'quv kurslari kerak emas», «0'qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak», «Bola o'qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak», «Bajarish yordamida o'qitish - maktabda asosiy metod». Shunday qilib, Dyun maktabda ta'lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta'limni tan olmaydi va o'qishni tor hamda o'quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda «o'qitishning loyihali tizimi» (yoki loyihalar metodoni ishlab chiqdi, uning mazmuni o'z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o'qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o'yinchoq uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika, boshqa fanlar bo'yicha u yoki bu ma'lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy maktabda ta'lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta'limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo'llarini izlaydilar.
Ko'plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va A.Avloniylar maktab ta'limiga taalluqli ko'plab qimmatli g'oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta'lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.
Bugungi kunda turli ta'lim konsepsiyalari mavjud. Konsepsiyalardan biri ta'lim mazmunini ta'lim muassasalarida o'rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo'lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondashish o'quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo'naltirishga emas. Amalda odam bu yerda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm). Boshqa bir konsepsiya ta'lim mazmunini o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta'limga talablar ham quyidagicha bo'ladi: o'sib kelayotgan avlodga ona tili, matematika, fizika va boshqa fanlar bo'yicha bilim va malakalar berish zarur.

Yüklə 186,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin