1-mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati



Yüklə 263,5 Kb.
səhifə26/27
tarix30.04.2023
ölçüsü263,5 Kb.
#105114
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
1-mavzu Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati

birinchi zvenosi bu o`quvchilar bilim darajasini dastlabki nazorat bo`lib hisoblanadi. Qoidaga ko`ra dastlabki tashhislash o`quv yili boshida o`quvchilarning kurs bo`yicha o`tgan o`quv yilida o`zlashtirgan bilimlarining muhim bog`lanishlarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Dastlabki nazorat bilim va ko`nikmalardagi kemtikliklarni kompensatsiyalovchi (qayta tiklovchi) ta’lim bilan moslashtirilgan holda olib boriladi. Shunday tekshirishni faqat o`quv yili boshida emas, balki o`quv yili o`rtasida, kursning yangi bo`limini boshlashdan oldin ham o`tkazish mukin va o`rinli.
Tekshirishning ikkinchi zvenosi har bir o`rganiladigan mavzuni o`zlashtirish jarayonida bilimlarni joriy tekshirish bo`lib hisoblanadi. Garchand bu nazorat darsdan-darsga amalga oshirilsa ham, o`quv dasturining ayrim elementlarini o`zlashtirishni tashhislash imkonini beradi. Joriy nazoratning bosh vazifasi – o`rgatuvchilik vazifasi bo`lib hisoblanadi. Bu nazoratning shakl va metodlari turlicha bo`lishi mumkin. Ular o`quv materiali mazmuni, uning murakkabligi, ta’lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasi, ta’lim maqsadi va darajasi, mavjud shart-sharoitlar singari omillarga bog`liq.
Bilim va ko`nikmalarni tekshirishning uchinchi zvenosi takroriy nazorat bo`lib, u ham joriy nazorat singari mavzulashtirilgan bo`lishi kerak. Yangi o`quv materialini o`zlashtirish jarayoni bilan yonma-yon ravishda o`quvchilar oldin o`tilganini ham takrorlab boradilar. Takroriy nazorat bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo`lib, o`quv mehnati dinamikasini xarakterlash va o`zlashtirilgan bilimlarning ishonchlilik darajasini aniqlash imkonini bermaydi. Bu nazorat turi tashhislashning boshqa turi va metodlari bilan birgalikda olib borilganda qo`shimcha samaradolrligi oshishi mumkin.
Tizimning to`rtinchi zvenosi – bu o`quvchilarni to`liq bir bo`lim yoki kursning bir nechta mavzulari bo`yicha egallagan bilim va ko`nikmalarini aniqlashga qaratilgan oraliq nazoratdir. Bu nazoratning maqsadi - kursning turli qismlari orasidagi bog`liqliklarni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish sifatini tashhislash bo`lib hisoblanadi. Oraliq nazoratning bosh vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish bo`lib hisoblanadi.
Nazoratni tashkil etishdagi 
Yüklə 263,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin