mavhum Psixologik konsalting va psixoterapiya 1. Psixologik yordam turi sifatida psixologik maslahat va psixoterapiya: o'xshashliklar va farqlar. 2. Psixologik maslahatni aniqlash 3. Psixologik maslahat vazifalari 4. Shaxsiy xususiyatlar va maslahat amaliyoti 5. Kontinglash strategiyasini tanlashiga ta'sir qiluvchi omil. 6. Tibbiy psixoterapiyaning ta'rifi va ko'lami.
5-Mavzu:Psixoanaliz yo’nalishining vujudga kelishi
Psixoanaliz {psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va Zigmund Freyd tomonidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jinsiy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish psixoanalizda har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va hokazolar)ning asosiy manbai sifatida qaraladi. Psixoanaliz nazariyasiga koʻra, 3 xil psixik instansiyalar hukm surishi mumkin: gʻayrishuuriy "U" (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari bilan "U"ning impulyelarini cheklovchi shuuriy "Men" (Ego); "Oʻta-Men" (Super-Ego) — ijtimoiy taqiqdar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freydning fikricha, "Men" reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Inson oʻzining qadimgi ajdodlaridan irsiy yoʻl bilan oʻtgan instinktiv mayllarning namoyon boʻlishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar dastavval jinsiy instinkt va oʻzini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab qoʻyadi, uning instinktlari va mayllari "senzura"dan oʻtkaziladi. Buning natijasida oʻzining aksariyat instinktlari va mayllarini toʻxtatish, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin yoʻqolib ketmaydi, faqat ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi, xolos.
Psixoanaliz taʼlimotining vazifalaridan biri — ongsizlik sohasidagi "kompleks"larni aniklash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Ushbu taʼlimot namoyandalari shaxsning ichki ixtiloflarini ochib berish uchun "Edip kompleksi"ni yaratdilar. Ularning mulohazasicha, instinktiv mayllar oʻz quvvati va faolligini saklagan holda insoniyat madaniyati va shaxs faoliyati mahsulining har xil shakllariga kirib ("sublimatsiyalashib"), ongsizlik holatidan turib inson xulq-atvorini boshqarishda ishtirok qilaveradi. Psixoanalizda ongsizlik bilan onglilik oʻrtasidagi qaramaqarshi munosabatni mutlaqlashtirish uchraydi, buning natijasida ularning oʻzaro bir-birini toʻldirish imkoniyati rad qilinadi.
Psixoanaliz adabiyot va adabiyotshunoslik, sanʼat va sanʼatshunoslik, boshqa gumanitar fanlar va tibbiyotga taʼsir koʻrsatdi
Klassik psixoanalizda Z.Freydning shaxsga doir qarashlari mujassamlashgan. Uning ilmiy faoliyatini affektiv travma modeli, topik va strukturaviy modellardan iborat uch bosqichga ajratish mumkin. Freyd bo‗yicha psixoseksual rivojdanish bosqichlar. K.Yungning Analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi. Arxetiplar va psixik funksiyalar tushunchalari. Individuatsiya va uning bosqichlari. A.Adlerning Individual psixologiyasi. Nomukammallik kompleksi va nomukammallik kompleksi. Shaxslik va konstruktiv ustuvorlik hamda sotsial qiziqishlar, ijodiy Men. Hayot maqsadi va yashash uslubi tushunchalari. Psixoanalizning olti tamoyili. Zamonaviy psixoanaliz: ego-psixologiya (X. Gartmann, A. Freyd, E. Erikson), ob‘ekt munosabatlar psixologiyasi (M. Klyayn, M. Balint, X. Koxut). Psixoanalitiklar ishida aloqadorlik va mustaqillik masalalari. (Dj. Boulbi, M. Maler). Ko‗chish va qarshili ko‗rsatish. Ko‗chish reaksiyalarining tiplari, ko‗chishnng asosiy elementlari. Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi24 Z.Freyd g‗arb madaniyatiga chuqur ta‘sir ko‗rsatdi. Agar ko‗chadagi 100 insondan so‗rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‗ringa ega. Z.Freyd nimani o‗rgandi? U she‘riyat, pesa va falsafaga juda qiziqishi bo‗lganligi sababli, o‗z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‗nalishida tahsil olgandan so‗ngra xususiy amaliyot bilan shug‗ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‗lmagan ruhiy o‗zgarishga ega bo‗lgan patsientlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‗lsada, patsient qo‗ldagi sezgilarni yo‗qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‗liqligini aniqladi. Bunday holatda patsientni davolash yo‗li uning o‗z-o‗ziga munosabatini o‗zgartirishda degan xulosaga keldi. Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‗g‗risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi. Uning fikricha ko‗zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor 24 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554. 74 ko‗rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotlikni uyg‗otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yol deydi va patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsientlari gipnoz tufayli ozlarining anglab bo‗lmas qobiliyatlarini ochdilar. Songra u patsienlar ozlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‗ra patsient o‗zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsientlarning o‗tmishi bilan bog‗liq, bolalikdagi tuyg‗ulariga borib bog‗lanishini ta‘kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‗ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‗rinishi quyidagi. Id, Ego va super Ego ( Id (U), Ego (Men), Super-Ego (KayvoniyMen) 25 Freyd topografik modeldan foydalanib, psixik hayotni uch darajasini ajratdi: Ong Ong oldi Ong sizlik Ong darajasi Ong darajasi aniq damdagi insonning ma‘lumotlarini sezgi va kechinmalaridan tashkil topadi.Ong miyada saqlanuvchi ma‘lum kam foizli axborotlarni qamrab oladi. So‗ngra ma‘lumotlar ong oldi yoki ongsizlik sohada yuklanadi. Ongsizlik soha • Inson psixikasining eng chuqur va ahamiyatli qatlami ongsizlikdir. Bu ongga qanchalik bosim o‗tkazuvchi emotsiya va xotiralar orqali instinktiv qozgalishlarini saqlovchi, ammo ushbu anglashilmagan materiallar kopincha insonning kundalik faoliyatini belgilaydi. Ongsizlik soha •Inson psixikasining eng chuqur va ahamiyatli qatlami ongsizlikdir. Bu ongga qanchalik bosim o‗tkazuvchi emotsiya va xotiralar orqali instinktiv qo‗zg‗alishlarini saqlovchi, ammo ushbu anglashilmagan materiallar ko‗pincha insonning kundalik faoliyatini belgilaydi. •Ongoldi soha, ba‘zan xotiraga kirish mumkin bo‗lgan, o‗zida barcha tajribani kiritadi, ayni damda anglanilmagan, ammo tasodifiy yoki minimal kuch sarflash natijasida onga tez qaytishi mumkinligi. •U- psixikaning ongsizlik qismi bo‗lib, biologik instiktli mayllardan iborat: agressiya va seksual. U seksual mayl -libido bilan to‗yingan. Insonda yashirin energetik tizim bo‗lib, bu quvvat har bir kishida miqdori- doimiy o‗lchamga ega. Ongsiz va irratsional bo‗ladi. U qoniqish, ya‘ni so‗ngida baxt, eng asosi inson hayotidagi asosiy maqsad tamoyiliga bo‗ysunadi.
•MEN Ikkinchi tamoyil-gomeostaz- ichki muvozanatni saqlashga tendensiya. Men (Ego)-ong –doimiy ravishda U bilan nizoda bo‗ladi, seksual mayllar ta‘sirida bo‗ladi. U jamiyat ta‘siri ostida shakllanadi. Menga uch ta kuch ta‘sir ko‗rsatadi:U, Kayvoniy Men va insonga o‗z talabalarini qo‗yuvchi jamiyat.
MEN ular o‗rtasidagi uyg‗unlikni ta‘minlashga harakat qiladi, qoniqish emas, balki reallik tamoyiliga bo‗ysunadi.
•KAYVONIY MEN axloqiy standartlarni tashuvchi, shaxsning bu qismi tanqid, senzora, vijdon roli bajaradi. Agar Men U ga mos harakatni amalga oshirsa yoki unga mos qaror qabul qilsa, Kayvoniy Men unga qarshi chiqadi.Natijada aybdorlik, uyat, vidjon ta‘nalari ko‗rinishidagi jazoni boshdan kechiradi. Psixoanaliz atamasi Shaxs nazariyasi va psixopatologiyasi; Shaxsdagi buzilishlarning davolash metodi; Insonning anglashilmagan fikr va tuy-g‗ularini o‗rganish metodi. Shaxs strukturasi26 Psixologiyada shaxsning himoya mexazmlar to‗g‗risidagi qarashlarning tub ildizi Z.Freydning shaxs nazariyasi borasidagi izlanishlariga borib taqaladi. Freydning psixodinamik konsepsiyasiga ko‗ra shaxs tuzilmasi va Р 5. 76 himoya mexanizmlari ma‘lum tizimlashtirilgan. Z.Freyd bo‗yicha shaxs tuzilmasi uchta tarkibiy komponentlardan iborat: “Id”sohasi-bu shaxsning instinktli jihati bo‗lib, unda shaxsning eng kuchli instinktlari o‗rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‗g‗ri va chet yo‗llar bilan aniqlash va namoyon bo‗lishini ifodalaydi. ―Id‖ sohasi vazifalarini qoniqish tamoyiliga asosan bajaradi.