Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo`lgan har qanday fan o`sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to`plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro`si ham birinchi navbatda o`sha metodlar yordamida to`plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog`liq bo`ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo`lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo`l bilan ushlab, ko`z bilan ilg`ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko`plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog`i o`z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo`lish uchun ko`plab metodlarni sinovlardan o`tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo`llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to`plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo`llash shakllari keltirilgan.
Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to`g`risida birlamchi ma’lumotlar to`playdi, to`plangan ma’lumot yana taxlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.