Nazorat savollari: Diqqatning asosiy xususiyatlarini sanab bering.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deganda nimani tu- shunasiz?
Diqqatning ko‘lami nima va u qanday o‘lchanadi?
4.Diqqatning bo‘linuvchanlik va ko‘chuvchanlik xususiya- ti nima?
21-mavzu: Bolalar diqqatiini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tayyorlash(Amaliy mashg’ulot) Reja: 1.Bolalarda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash, ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda so’zning o’rni, mashg’ulotlar va mustaqil faoliyatda o’yin va mashqlarning ahamiyati.
2.Bolalardiqqatiini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tayyorlash
Diqqatning buzilishi. 3.Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. 4.Parishonxotirlik bu diqqatning kerak bo‘lganida boshqa obyektga tez ko‘chmasligidir. Tayanch tushunchalar:Parishonxorirlik holatida odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi. Parishonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin: Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diqqatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaiflashuvi yoki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Katta yoshdagi kishilarda ham parishonxotirlikning bu xili yuz berishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi.