1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə8/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Ovqatlanish instinkti — o‘zi va o‘z bolasi uchun ovqat qidirib topish, g‘amlash harakatlari.

  • Himoyalanish instinkti — o‘zini himoya qilish, dushman- ga hujum qilishda ko‘rinadi. Har bir hayvon o‘zining bironta organidan foydalanadi. Masalan: afrika kobrasi o‘z zaharini 3,5 metr masofaga ota oladi.

  • Nasl qoldirish instinkti — bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib ma’lum vaqtgacha bolalariga g‘amxo‘rlik qiladi.

  • To‘da bo‘lib yashash instinkti — turli xil shaklda birlashib poda-poda, gala bo‘lib yashashlarida ko‘rinadi.



    6



    Inson ongining rivojlanishi
    Ong tushunchasi. Inson ongi insonning o‘zi bilan birga, deyarli bir vaqtda maydonga kelgan. Ong — psixikaning yuksak shakli, insonning yakka va hamkorlik faoliyatida, muloqoti jarayonida shakllanadigan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Ong shaxsning tevarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va o‘tmish davrini yaxshi bilishi, o‘zlikni anglash, qaror qabul qilish, vaziyatga qarab o‘z xatti-harakatini boshqarish qobili yati bilan namoyon bo‘ladi.
    Odam psixikasi hayvon psixikasidan farq qiladi. Inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat ayirmasi:

    1. Inson o‘z mohiyati jihatidan azaldan boshlab ijtimoiy mavjudotdir.

    2. Inson psixikasining eng oliy formasi uning ongga egali- gidir. Inson ongli mavjudot.

    3. Insonning hayvondan eng muhim sifat ayirmasi birinchi signallar sistemasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar siste- masining mavjudligi, ya’ni voqelikni so‘zlar orqali aks ettirishi hamda nutq va tafakkurga egaligidir.

    Odam o‘z hayotidagi ko‘p narsalarni so‘z orqali aks ettiradi, hayvonning esa butun psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi asosida vujudga keladi. Ikkinchi signallar sistemasining signallari talaffuz etilgan, eshitilgan so‘zlardan iborat. Agar so‘z ma’nosi tushunarli bo‘lsa odamning xatti-harakatlarini boshqaradi, tevarak-atrofdagi muhitga muvofiqlashuviga yordam beradi. Agar so‘z ma’nosi odamga tushunarsiz bo‘lsa u faqat birinchi signallar tarzida ta’sir qiladi yoki odam uchun ahamiyatsiz narsa bo‘lib qolaveradi.
    Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning individual va intellektual shakllaridan batamom boshqa hodisadir. Inson ongi evolutsion harakatning eng so‘nggi bosqichi bo‘lib, inson taraqqiyoti bosqichida ijtimoiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson ongi yer yuzidagi barcha mavjudotlarning eng oliysi va gultojidir. Har bir ijtimoiy davrning o‘ziga xos kuchlari va ijti­moiy munosabatlariga mos keladigan ongi bo‘lgan. Masalan, quldorlik davrida xususiy mulkchilik munosabatlari kelib chi- qib, sinflar paydo bo‘lgach odam ongi ham sinfiy xarakterga ega bo‘la borgan. Har bir tarixiy davrda yuzaga kelgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida odamning ongi ham o‘zgarib borgan. Tarixiy tarakkurning ma’lum bosqichida ilmiy tafakkur va ong tarkib topgan. Tevatak-atrofdagi voqelik ana shu ilmiy tafak­kur yordamida to‘laroq va chuqurroq aks ettirilgan. Natijada odam hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlar- ni, qonunlarni ong va tafakkur yordamida bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda odamning ongi bilan idora qilinadigan faoliyati faqat oddiy ish qurollari, kiyim-kechak, turar joyini- gina yaratib qolmay, balki fan-texnikani ham yaratdi va yuqori darajada rivojlantirdi. Ming yillar davomida to‘xtovsiz davom etgan amaliy mehnat odamning qo‘llarini rivojlantirib bordi.

    Yüklə 450,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin