1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa nar­sani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə30/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa nar­sani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham sezmaydi. Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqati­ni shakllantirishning muhim shartidir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lgani uchun ham uni shakllantirish shu jarayonning o‘zida yuz beradi. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot davomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir narsaga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.

Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susayti- radi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sharoitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziyraklik odatlarini hosil qiladi. Jonlijadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqat­ning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchanligi muhim rol o‘ynaydi.
Nazorat savollar:
1.Bolalarda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash, ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda so’zning o’rni, mashg’ulotlar va mustaqil faoliyatda o’yin va mashqlarning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?
2.Bolalardiqqatiini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tayyorlash
Diqqatning buzilishi nima?



Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin