olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy
maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning
bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi.
Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning
tarkib topishiga qaratilgan.
Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan
chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir
jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa
universitet jamoasining bir qismidir.
Jamoa va shaxs. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning
jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon
bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi,
butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga
va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan
munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega
bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs
sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks
ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan
ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga
oshadi. Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”.
Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan munosabatdagina o`z – o`zini anglash darajasiga ko`tariladi.
Kattalar yoki
tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`z-o`ziga baho berishni o`rganadi. Mana
shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: