Dt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i
bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»,
Kt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i
bo‘yicha majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda
Dt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i
bo‘yicha majburiyatlar» schyoti,
Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti.
Ushbu summa byudjetga o‘tkazib berilsa,
Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti,
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810-«Daromad (foyda)
solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910-
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi:
Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»,
Kt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan
daromad (foyda) solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va
yig‘imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof
foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning
270-satrida ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: