ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqishlab chiqarish shakllantirish;
mehnatga layoqatli ishbilan band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’milovchi hamda ishch kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandilk xizmati tashkilotlari tizimini shakllantirish;
yangi ish joylarini tashkil etishga, ahoni bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo‘luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy islohotlarni amalga oshirish;
aholini ish bilan oqilona bandligini ta’minlash;
qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va o‘smirlar, ko‘p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni kafolatlashtirilgan mintaqani tashkil etish;
ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta’minlovchi kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
mulkchilikning ijara, jamoa, hissadolik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texnologiya va texnika bilan ta’minlash;
sanoat korxonalari va ishlab chiqarish - ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini vujudga keltirish;
mahalliy xodimlarnining malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga oshirish va ularda yangi iqtisodiy ma’naviy va ma’rifiy tafakkurni shakllantirish,
har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;
mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy meanizmlarni takomillashtirish.
Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.