Oliy ta’lim.Universitetda o‘qish tanlangan fakultet va mutaxassislikka qarab 4 yildan 6yilgacha. Ko‘pchilik talabalarning o‘qishni ish faoliyati bilan qo`shib olibborishlari tufayli o‘qish davriga yana 1-2 yil qo‘shiladi. Mamlakatda 12ta davlatuniversitetlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Boshqa davlatlardagi kabi gigant oliygohlaryo‘q. Eng katta hisoblangan Syurix universitetida 20 ming talaba, boshqalaridaesa bir nesha barobar kam talaba tahsil oladi. Davlat universitetlari bilan birgamamlakatda xususiy xalqaro universitetlarning bir nechta filiallari ham faoliyatko‘rsatmoqda. Oliygohni tugatganlarga litsensiya darajasi beriladi.Yevropa mendjerlarining orzusi Lozannada joylashgan InternasionalInstitute for Manadement Develorment (IMD) biznes maktabida tahsil olishdir. UYevropada Fransiyadagi INSEAD biznes maktabidan keyin ikkinchi o‘rindaturadi. Uni bitiruvchilarining 68 foizi shu sohada faoliyat ko‘rsatadi. Unga yiliga80 ta kishi qabul qilinadi, konkurs ancha katta bo‘lib, 1 o‘ringa 8-10 kishi to‘g‘rikeladi.Shveytsariya universitetlariga kirish ushun MDH davlatlari bitiruvchilariuchun qattiq talab qo‘yiladi. Jeneva, lozanna va Nevshatel universitetlarigakirish ushun o‘rta maktabni yaxshi baholar bilan tugatganlik to‘g‘risidagi attestatva xorijliklar uchun Friburgda faoliyat ko‘rsatadigan maxsus komissiyaga bittaimtihon tapshirish talab etiladi. Nemis tilida faoliyat yurituvchi universitetlardaesa kamida to‘rt semestr Rossiya oliygohlarida tahsil olish talab etiladi. Shuningushun fransuz tilini bilish foydaliroq hisoblanadi.Chet elliklar uchun Friburgdagi bitta imtihon sentyabr-oktyabr oylaridao‘tkaziladi. Bunda beshta fan: uchta majburiy (shet tili, matematika, tarix) vaikkita tanlovga ko‘ra (fizika, kimyo, biologiya, geografiya, ikkinchi shet tili)fandan imtihon o‘tkaziladi. Imtihondan o‘tolmaganlar uchun Friburgda bir yilliktayyorlov kursi ham faoliyat ko‘rsatadi.Belgiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari