1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

 


21 
Jamiyatdagi siyosiy elitalar 
Siyosiy elita-o’zining tashkilotchilik qobiliyati bilan ajralib turuvchi aholining 
ayrim qismlaridan tashkil topgan guruhdir. 
«Elita” tushunchasi fanga bir marta fransuz mutafakkiri G.Moski tomonidan 
kiritilgan va shu asosida siyosiy elita nazariyalari yaratilgan. 
Siyosiy elita guruhlari qadimgi tarixiy davrdan shakllana borgan. quldorlik 
tizimiga o’tilgandayoq jamiyatda kishilarning yuqori va pastki, martabali va 
martabasiz aristokrat va oddiy kishilarga ajralishi ro’y bergan. Jamiyatda bunday 
bo’linish, uning sabablarini Konfusiy, Aflotun, Arastular o’z asarlarida ta’riflab 
berganlar. Aflotun quldorlik jamiyatidagi aholini 4 ta toifaga boshqaruvchilar, 
xarbiylar, dehqonlar va xunarmandlarga ajratganlar. 
Arastu ham aholini 3 ta guruhga- boylar, o’rta qatlam, kambag’allarga ajratadi. 
Farobiy, Ibn Sino, Beruniylar ham aholini turli guruhlarga bo’lish to’g’risida 
muhim fikrlarni aytganlar. Farobiy o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida jamoa 
a’zolarini ularning turli belgilariga qarab xar hil guruhlarga bo’ladi. Bunda aqli 
bilimi, ko’nikmasiga qarab ajratgan 
Ibn Sinoning «Ishorat va tanbixat» asarida kishilarning jamiyatda tutgan o’rni 
va mavqeyiga qarab 3 guruhga ajratadi. 
1.
Davlat idoralarida ishlovchi boshqaruvchilar. 
2.
Dexhonchilik va xunarmandchilik bilan shug’ullanuvchilar. 
3.
Mamlakatni qo’riqlovchi 
A.Temur o’zining «Temur tuzuklari» da jamiyat a’zolarini 
1) amaldorlarga 
2) sipohiylarga 
3) ilm ahillariga 
4) dehqon va xunarmandlarga ajratadi 
IX asr oxiri XX asr boshlariga kelib siyosiy elita tushunchasi ijtimoy-siyosiy 
fanlarda keng o’rganila boshlandi. Bu davrda fransuz va nemis olimlari V. Paritto, 
G.Moski, R. Mixelslar siyosiy elita guruhlarini jamiyat xayotidagi o’rni va rolini 
chuqur taxlil qilib berdilar. 


22 
Bu xaqda G. Moski o’z asarida quyidagilarni yozadi: «Har qanday jamiyatda, 
ya’ni eng past darajada rivojlangan jamiyatdan eng yuqori darajada rivoj topgan 
jamiyatgacha bo’lgan barchasida ikkita sinf boshqaruvchilar sinfi mavjud bo’ladi. 
Birinchi sinf xamisha oz sonli bo’lib siyosiy funksiyani bajaradi, xokimiyatni 
monopoliya qilib oladi va uning afzalliklaridan foydalanadi.Ikkinchi sinf-eng ko’p 
sonli bo’lib bir tomondan boshqariladi va tartibga solib turiladi» 
G.Moski birinchi bo’lib siyosiy elitaning shakllanishi va ularga xos bo’lgan 
xususiyatlarni ko’rsatib berishga xarakat qilgan. Uning yozishicha siyosiy elitada 
jamiyatni boshqarish va unga rahbarlik qilish ustun bo’ladi. 
V.Pareto ham siyosiy elita shakllanishi xususiyatlarini nazariy asoslab 
«Insoniyat jamiyati o’zining aqliy, jismoniy, axloqiy, siyosiy va tashkilotchilik 
qobiliyatlari bilan ajralib turuvchi kishilar» guruhlaridan tashkil topganligini 
asoslab beradi. Elita guruxlari boshqarish va rahbarlik qilishga daxldor kishilardan 
tashkil topgan. 
Ma’lumki boshqarish va rahbarlik qilish jamiyat uchun obyektiv zaruriyatdir. 
Shuning uchun ham siyosiy elitaga tug’ilgan extiyoj ham shu zaruriyatdan kelib 
chiqadi. Biroq siyosiy elita guruhlari orasida hamma vaqt ham shu boshqarish, 
rahbarlik qilishga qodir bo’lgan kishilargina bo’lavermaydi. Ular ichida shunday 
kishilar ham uchrab turadiki ular qo’pol xatolarga yo’l qo’yadilar va vazifani 
bajarishda noshudlik qiladilar. Natijada o’z vazifalaridan tushib boshqa guruhlarga 
mansub bo’lib qoladilar. Ularning o’rnini eng yaxshi kishilar egallab shu asosida 
siyosiy elita guruhlarining mavjudligi muqarrar bo’lib qoladi. Demak, jamiyatning 
o’zi siyosiy elita guruhlarining xarakterlarining yo’naltirib tartibga solib turadi. 
Siyosiy elita guruhlari jamiyat a’zolarining bir muncha bilimdon ongli va ishchan 
qismlardan tashkil topgan. Ular jamiyat, jamiyat hayotidagi ro’y beradigan siyosiy 
voqyea va xodisalarni o’zgarishlar mohiyatini ancha ziyrakli bilan payqab kuzatib 
boradi. Ular siyosiy hokimiyatning barcha bo’g’imlarida va boshqarishning turli 
shakllarida harakat qilib uning imkoniyatlaridan turli darajada foydalanadi. Bunday 
ustunlik siyosiy elita guruhlarining jamiyat hayotida erkin harakat qilishlari uchun 
qulay imkoniyat yaratadi. 


23 
Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lib, 
guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi 
munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bu borada «Lider» va «Boshliq» tushunchalari 
o’rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab 
shunday yozadi. 
1.
Lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar-shu 
guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 
2.
Liderlik kichik guruhlargagina mos bo’lgan xodisa bo’lsa, rahbarlik haq-
huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshrilishi mumkin; 
3.
Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga 
qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar 
oqibatida sodir bo’ladigan xodisadir; 
4.
Liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo’lib, guruh a’zolarining 
kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab, uzoqroq muddatda 
yoki qisqa muddatda ro’y beradi; 
5.
Rahbarning liderdan farqi shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va 
rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi 
mumkin; 
6.
Lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z 
ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab 
rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib 
ketish qiyin; 
7.
Liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar 
shu guruhdagi kengroq ijtimoiy doiradagi jamiyatning vakili bo’lganligi uchun, 
uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. 
Lider xech qachon yolg’iz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari guruhida qaraladi, 
u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh 
a’zolarining psixologiyasi, ularnig kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va 
xakozolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir.


24 
Obro’lilik shaxsning shunday xususiyatidirki, u boshqa shaxslarga ham xissiy-
emosional, ham irodaviy ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga ega. Norasmiy 
obro’lilik, ya’ni shaxslar aro munosabatlar maxsuli sifatida orttirilgan obro’ juda 
samaralidir. Odamlar ko’ngliga yo’l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, 
ishonch va shunga o’xshash obro’ orttirish mezonlaridandir. 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin