1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va
Edmand Barke (1729-97) Edmand Barke o’z vaqtida adabiyot va siyosatshunos bo’lgan. U malakali advokat, parlament azosi, siyosiy yozuvchi, Samuel Jonson to’garagiga a’zo bo’lgan va u yerda Jeremiy Bensam va Tomas Painelar bilan do’st bo’lgan. Uning qarashicha do’stlari uni uzoqlashtirgan va Tomas Paine erkak xuquqlari to’g’risida Barkenining qarashlariga hurmat manosida yozgan.
Mashhurlar o’ylashicha BArke haqiqatda orqasiga qaytmadi. U Jonsonga o’xshab siyosiy sharxlovchi yoki amaliy siyosatchi edi. Barke tengdoshlarining qarshiligi oshishiga, amerika mustamlakachilarining shikoyatlariga e’tibor xam bermadi. O’z nutqida u qaram mamlakat bilan muzokara xaqida so’zlagan:
Men shu kunlarda hech nima qilmayapman soliq qonunlari to’g’risida. Bazi insonlar seskantirdi - lekin bu to’g’ri. Men buni to’liqligicha oqlayman. U hech narsadan ham pastroqda turadi mening o’ylashimcha. Muammoga yechim realistic bo’lishi kerak idealistic emas: Barcha davlatlar, haqiqatda har bir inson foydasi va qulayligi, ezguligi va aqlli xujjatlar muzokarada ko’rib chiqiladi va ayirboshlanadi. Biz noqulayliklarni balanslashtirishimiz kerak ; biz beramiz va olamiz ; biz ba`zi qonunlarni yo`qotishimiz kerak va biz boshqalaridan rohatlanishimiz kerak; va biz ayyor aholidan ko`ra bahtli aholini tanlashimiz kerak. Burke parlamentning soliq boyicha huquqini qo`llab quvvatlasa ham U ishonardiki Amerikaliklar ichki soliqlarni ozlari yig`a olishiga, biroq bu tarzda ularni majburlash kerak emas deb o`ylardi. U mustamlakalardan fondlarni kopaytirish uchun tijoratni oshirishni maqullaydi va yangi soliqqa oid qonunlarga qarshi turadi, misol uchun stamp soligi. U “ixtiyoriy , madaniy yaqinlik” uchun umid qilgandi. Mustaqillik deklaratsiyasi anchagina katta zarba. Urush natijasida Britaniyaliklar huquqlari vayron qilinishini Burke his qildi. U o`z fikrlarini “Amerikacha Soliqqa tortish” nomli nutqida davom ettiradi. Amerikani tijorat qonunlar orqali mustahkamlashga harakat qil , sen doim shuday qilding. Kel sen sababli ularning tijorati mustahkamlansin. Ularni soliqlar bilan qiynama ; sen boshidan bunday yo`l tutmagansan. Bu yerlar seniki bo`lishiga yo`l ber faqat soliqqa tortish uchungina emas15.
Tomas Peyn Tomas Peyn o`z asrining eng ta`sirli o`ylovchilaridan biri edi, u o`zining karerasini aksizchi bo`lib boshlagan. U Amerikalik siyosatchi va nazariyotchi Benjamin Franklinning do`sti hisoblanadi va u do`stining taklifiga binoan amerikaga mustaqillik kurashiga jalb etiladi. U keyinchalik Fransiya revolyutsiyasiga va inqilobiy davlat azosi bolishga aktiv jalb etiladi. U Fransuz qiroli Lous XVI-ning qatl etilishiga qarshilik qiladi va keyinchalik uning qatl etilishidan qutilishiga yordam beradi. Peynning asarlari orasida eng mashhuri INSONLARNING HUQUQLARI , ikki qismdan iborat birinchi qismi 1791- yilda Burkening “FRANSIYAdagi revolyutsiya haqidagi fikr mulohazalar” nomli asariga bevosita javob tariqasida yozilgan va ikkinchi qismi 1792 – yili yozilgan. Peynda Burkening har bir fikriga qarshi katta qarshilik bor edi va Peynning ishlari odamlarning yodida Burke bilan zamondosh yozuvchi sifatida yodida qolgan . Uning obro`sining sababi tanqidchiligidadir, ko`pchilik nazariy qarashlari mensimaslikka asoslangan hisoblanadi. Fikrlashdagi uning eng asosiy yangiligi odamlarning davlat haqidagi fikrini isloh qilishida edi u bunda yillar davomida qattiqqul va buzilgan davlat haqidagi fikrni nazarda tutadi. U isloh qilishni uch bosqichli siyosiy ta`lim siyosiy harakat va ijtimoiy iqtisodiy yaxshilanish jarayoniga jalb qilish sifatida ko`radi. Siyosiy harakat oz ichiga revolyutsiyani olishi mumkin qaysiki urushni tugatadigan, og`ir soliqlar va zulmlarni tugatadigan siyosiy harakat.
Loke singari Peyn ham ijtimoiy shartnomani turlarini quyidagilarda ko`radi:
.. Shaxslar o`zlari , har birining shaxsiy va mustaqil huquqi, bir biri bilan shartnoma qila olishi orqali davlatni tashkil qilishi: va bu faqatgina davlatda o`sishga huquq borligini ko`rinishi, va faqatgina ularda mavjudlik huquqi borligi usuli.
Ammo, Paine uchun bu erkaklarni jamiyat qurishga majburlaydigan iqtisodiy ehtiyoj edi va ular soliq to’laganligi sababli barcha erkaklarga hukumatga qatnashishga qonunan ruxsat berilgan. U shuni takidlaydiki, yangi Fransiya Konstitutsiyasi boyicha, ‘har bir 60 sous (eski ingliz pul birligi) soliq to’lagan erkak saylovchi hisoblanadi’. Paine uchun o’shanda hukumat ijtimoiy-iqtisodiy shartnoma vazifasini bajarar edi. Bu shuni ko’rsatadiki ‘a’zoliksiz soliq yo’q’ degan tuzumni Amerika kolonistlari siyosiy falsafaga kirishi orqali kuchga kiritdi. Boshqa so’z bilan aytganda, soliqlar a’zolikni va jamiyat yig’ilishlarida o’z fikrini ayta olish huquqini ifoda etadi.
Paine keng miqyosda Erkaklarning Haq-huquqlari Bo’yicha soliqning rolini muhokama qiladi. U boylikning tarkibiy qismlari haqida fikr yuritganda Villiam ning daromadi va keying asrlar daromadlarini taqqoslaydi, shuningdek, milliy qarzni qoplash, armiya va dengiz kuchlari, hukumat xarajatlari va oylik maoshlarni qoplaydigan kerakli miqdorni alohida izohlagan. U muhtojlarni yordam puli, pensiya va hukumat talim sohasini moliyaviy ta’minlashni taklif qilgan. U taklif qilgan asosiy g’oyalardan biri, ba’zi soliqlarni bekor qilish (deraza va uy soliqlari kabilarni) va o’z navbatida islohotlarni ta’minlash uchun daromad soliqlarini oshirish. U shuningdek, har bir shtatda o’lim to’lovi va yer solig’I, shu bilan birga nogironlar va imkoniyati cheklanganlarga pensiyalar tarafdori bo’lgan.
Uniung Fransiyaga ta’siri kata bo’lgan: 1792-yil fransiya Respublikasining faxrli fuqorasiga aylangan. Bentamning ma’naviy va siyosiy falsafasi 3 ta prinsipi(tamoyil)ga asoslangan:
Eng katta, buyuk baxt prinsipi (Humedan olgan atama)
Ommaviy xudbinlik
O’z manfaatlarini (sun’iy ravishda bo’lsa ham) boshqalarniki bilan tenglashtirish
Bu prinsiplar uning barcha asarlarini qamrab olgan, garchi ular Bentamning “Intizom va qanchalikka kirish” asarida aniq tushuntirilgan bo’lsada (bu asar 1789-yil e’lon qilingan 1780-yil nashr etilgan)
Tajribasiz huquqshunos bo’lgan uchun umrining kata qismini qonuniy islohatlarni yozish bilan o’tkazgan va Lok taklif qilgan ijtimoiy shartnoma g’oyasiga qarshi chiqqan. U odam doimo jamiyatda yashaydi, shuning uchun ijtimoiy shartnoma kabi narsa bo’lishi mumkin emas deb hisoblagan. Hech qanday tabiiy huquq mavjud emas. Huquqlar ma’noga ega bo’lishi uchun qonun bilan joriy etilishi kerak, qaysiki shaxsni – uning iqtisodiy manfaatlarini, xususiy maxsulotlari va mol-mulkini himoya qiladigan, qonunlar bilanjoriy etish – soliqqa tortish orqali pul bilan ta’minlashni nazarda tutardi. Mulkni soliqqa tortish kuchaytirilganligi hukumatga aralashish huquqini beradi, shu sababli Bentam uchun mutloq mol-mulk huquqi bo’lmagan.
Bentamning soliq solish haqidagi fikrlarini Dome xulosalagan (1999-yil), uning tahlillari quyida keltirilgan. Bentamning soliqqa tortish haqidagi g’oyali turli asarlarida, keng tarqalgan, jumladan, “Soliqqa tortishning ko’rinishi (shakli, tuzilishi) uchun taklif” (1795), “Soliq qonuniga qarshi norozilik” (1793) kabi asarlari va uning “Siyosiy iqtisodiyot qo’llanmasi”ni (1798) hamda xuddi shu sanadagi “Soliq bilan Monopoliya” risolasi.
U siyosiy iqtisodiy qo’llanmasida “Soliqqa tortishning tabiiy va yagona maqsadi muntazam olinadigan foyda” va har qanday soliq “Xalqning xavfsizligi, tirikchiligi va rohat-farog’ati” uchun sarflanishi kerak, deb ta’kidlagan. Biroq, u milliy boylikni ko’paytirirsh uchun juda tejamkorlikni amalga oshirishga qarshi bo’lgan.16 Biroq Bentamning soliq solish uchun mezonlari uning manfaatparast prinsiplaridan kelib chiqqan.
Moliyaning 1-maqsadi – hech qanday majburlashsiz – hech kimni muhtojlik va yo’qotish qiyinchiligini boshdan kirishgan majbur qilmasdan pul toppish. 2-maqsadi – muhtojlik va majburlash qiyinchiliklari eng kam muddatda qisqartirilishi haqida qayg’urish. 3-maqsadi – yovuzlikni ko’paytirishdan qochish soliq to’lash majburiyati uchun muhum.
Yangi qonundan kelgan foyda turli maqsadlarda ishlatilishi masalan:
Ushbu so’ngi kategoriyada sud ishlaridan olinadigan soliq, dorilar solig’i, oyna, sovun, tuz soliqlari foydani kamaytiradi deb hisoblangan, chunki ular adolat, sog’liq va sanitariyaning yo’lini to’sadi va boylarga nisbatan kambag’allarni ko’proq qiynashga sabab bo’ladi. Shuning uchun yangi qonun foydani kamaytirmasdan soliqlarni kambag’allarning ahvoli yaxshilanadi, shuningdek, buning qayta taqsimlovchi natijasi ham bor.
Boshqa soliq me’yor Bentam tomonidan uning “soliqqa tortish shakli uchun taklif” nomli risolasida taklif qilgan. Uning g’oyasi juda og’ir yer solig’idan qiynalgan yer egalari hamda kreditlardan keladigan foydadan, xususiy va davlat yillik rentalaridan aksiyaadorlik kompaniyasi dividentlaridan savdo va professional daromaddan keladigan foydada hech narsa to’lamagan tijorat guruhlari o’rtasidagi muvozanatni to’g’rilash.
Bu daromadni 2 turga bo’lgan:
Mulkdan keladigan foyda, masalan, yerdan olinadigan ijara, kreditlardan olinadigan foyda, xusuiy va davlat yillik rentalari hamda aksiyadorlik kompaniyalari dividenti
Savdo foydalari va professional daromad kabi daromadlar
Shuningdek, u daromadni vaqtinchalik va doimiy kabi turlarga bo`lgan. Doimiy daromad avloddan avlodga o`tishi mumkin (masalan, ijara). U kun ko`ra olish darajasidan yuqori ajratilgan manbaalardan olinadigan daromad solig`ini taklif qilgan.
Bentam soliqlarning o`zi ma`qul ko`rgan tartibini ham aniq tushuntirgan. Mahsulotlardan olinadigan soliq daromad solig`idan ko`ra yaxshiroq, chunki har qanday kishi soliq solingan mahsulotni sotib olmaslikni tanlay oladi. B ma`qullaganidek, qimmatbaho zeb-ziynatlarga soliq solish albatta to`g`ri, lekin zarur ehtiyojlarga soliq solish shafqatsizdir. U sud ishlarga solinadigan soliqni eng yomon soliq deb qoralagan, chunki bu kishilarning g`am-qayg`usidan olinadigan soliq edi. Bu soliq dori-darmonlar, halokat sug`urtalari, shartnomalar, gazeta kabi (siyosiy) axborot vositalaridan olinadigan soliqlar bilan birga bekor qilinishi kerak.
Bentamning soliq nazariyasiga qo`shgan hissasi muhim ahamiyatlidir. Soliqni davlat tomonidan himoyalanganlik uchun to`lanadigan narsa deb qabul qiluvchi ijtimoiy shartnoma nazariyachilaridan uzoqlashgan holda, u o`z falsafasida soliqqa tortish faqatgina qonun bilan amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi g`oyani himoya qildi. U qonun tomonidan kafolatlanmagan huquqlar bo`lishi mumkinligini rad etdi, ya`ni unda falsafasiga umuman qarama-qarshi boshlanish bor edi. U o`zining soliq falsafasini deyarli Adam Smitning 4-prinsipi – samaradorlikdan yaratdi. Agar soliq eng kam zarar yoki eng ko`p foyda chiziqlari bo`ylab tasavvur qilinsa, hech kimga boshqa mezon kerak bo`lmaydi. Biroq bu konsepsiya(tushuncha, fikr, qarash) insonning biror falsafiy yo`nalish bo`ylab davom etishiga bog`liq. B o`zining ma`naviy, siyosiy va iqtisodiy falsafasida har taraflama qat’iy tursa-da, bu takroran mukammal yondashuvdir.