Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash Joriy soliq davrining birinchi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovining summasi o’tgan soliq davrining oxirgi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni byudjetga to‘lash Hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha hisobot (soliq) davri mobaynida to’langan har oylik bo’nak to’lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to’lash chog’ida hisobga olinadi. Har oylik bo’nak to’lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo’yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to’lovchilar har oylik bo’nak to’lovlarini to’lamaydi.