1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə72/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar
O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtai nazardan ma’lum an’analarga ega bo’lgan sohadir. 1998 yilning Prezidentimiz tomonidan «Oila yili» deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat o’choqlarining paydo bo’lishiga va u yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. Shuning uchun Respublikamizda oila muamolarini maxsus tadqiq etadigan ilmiy-amaliy “Oila” markazi ham tashkil etilganki, bu markazda turli sohaga aloqador mutaxassislar oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy maskanlaridan biri sifatida o’rganib kelmoqdalar.
Oila va unga bog’liq muammolarni ilmiy o’rganishda ushbu yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda: oila qurish motivlari, oilada ota-ona va farzand orasidagi munosabatlar, oilada er va xotin orasidagi munosabatlar, oilalarning etnik belgilariga ko’ra psixologik xususiyatlari, oilada ajralish va uning shaxs psixologiyasiga ta’siri, oilaning to’liq va noto’liq turlari, ularning shaxs o’z-o’zini baholashiga ta’siri, oila haqidagi turli yoshdagi shaxslarning tasavvurlari, oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar. Oila bilan bog’liq muammolar doimo shaxsni tashvishlantirgani bois psixolog bu yerlarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri shakllanishidan tortib, toki muammoli, hattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, «ishonch telefonlari» orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.
Maorif sohasidagi amaliy ishlar
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari - akademik liseylar va kasb-xunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga «aralashadi». Shuning uchun respublikamizda shaxsni bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlarida o’qish faoliyatiga, kasbiy faoliyatga yo’naltira olishni diagnostika qilish markazlari tashkil etilgan. Bu o’z navbatida har bir shaxsning o’z tug’ma va orttirilgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltira olishi va namoyon eta olishiga imkon beradi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin